Psixika va ongning rivojlanishi, hayvonlar psixikasi

Psixika va ongning rivojlanishi, hayvonlar psixikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika va ongning rivojlanishi, hayvonlar psixikasi - rasmi

Material tavsifi

Psixika va ongning rivojlanishi hayvonlar psixikasi Barcha tirik organizmlarda bo'lganidek, odam organizmi ham tevarak atrof-muhiti bilan hamisha aloqada bo'ladi. Odam organizmining tashqi olam bilan munosabatlari nerv sistemasi yordamida amalga oshiriladi. Organizmning eng muhim qismi bo'lgan miya odamning hamma harakatlarini nazorat qiladi, boshqaradi. Shuning uchun ham miyaning tuzilishi va funksiyalarini o'rganish uchun urinishlar uzoq tarixdayoq boshlangan. Natijada nerv sistemasining tuzilishi va vazifalarini tadqiq etishda malum yutuqlar qo'lga kiritilgan. Hozirgi kunda nerv sistemasining tuzilishi, vazifalari, ishlash tamoyillarini psixologik jihatdan ilmiy asoslash, odam psixik faoliyatining fiziologik asoslarini batafsil yoritish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta'limotni kashf etdilar. Bu ta'limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari bo'lmish qo'zg'alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning manosi shuki, qo'zg'alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi. Malum fursat o'tgandan keyin bu jarayon tormozlanish bilan almashinadi, yani miyadagi nerv markazlarining faoliyati sekinlashadi, malum muddat ishlamaydi va buning natijasida sarflangan energiya qaytadan tiklanadi. Odamda nerv sistemasining o'ziga xos taraqqiyot yo'li bor. Nerv sistemasi odam organizmining barcha funuksiyalarini tartibga soladi. Unda moddalar almashinuvini ta'minlaydi, yurak, muskullar va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi, organizmning turli sharoitlariga moslashuviga xizmat qiladi. Umuman olganda, odamning nerv sistemasi organizmdagi barcha a'zolarning o'zaro muvofiqlashgan faoliyatini amalga oshirishda asosiy rolni bajaradi. Shu sababli odam psixik hayotining moddiy asosi bo'lgan nerv sistemasi av uning yetakchi qismi - bosh miyaning tuzilishi va ishlash tamoyillarini mukammal bilmay turib, psixologik hodisalarning haqiqiy mohiyatini tushunib bo'lmaydi. Demak, odamda kechadigan barcha psixologik holatlarning mohiyatini nerv sistemasining nazoratisiz tasavvur etish mumkin emas.Shuning uchun nerv sistemasining psixik funksiyalar faoliyatidagi rolini qisqacha tahlil qilamiz. Uni anatomik va fiziologik jihatdan to'la tadqiq etishni ushbu tadqiqot muallifi o'z zimmasiga olmaydi. Chunki bizning maqsadimiz nerv sistemasi va uning yetakchi qismi bo'lgan bosh miyaning odam ruhiy hayotidagi ahamiyatini psixologik jihatdan yoritishdan iboratdir xolos. Odam psixik hayotining asosi bosh miya bo'lib, bosh miya nerv sistemalarining birlashgan joyi - markazidir. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro ta'sirni va to'qimalar faoliyatini tartibga solib turadi. Nerv sistemasi hujayralardan iborat. Bu hujayralar o'zlarining uzun va kalta hajmdagi o'simtalari orqali organizmning barcha qismlariga tarqaladi. Nerv sistemasidagi hujayralar va uni qoplovchi oq pardalar hamma o'simtalari bilan birga neyronlar deyiladi. Neyron anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko'ra ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.96 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.96 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga