Psixika va ongning tuzilishi

Psixika va ongning tuzilishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika va ongning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Psixika va ongning tuzilishi Reja: Psixikaning filogenezda rivojlanishi. a) Psixika materiya evolyutsiyasi maxsuli ekanligi. b) Kuzgaluvchanlik, tropizm. v) Xatti-harakatlarning instinktiv shakllari. g)hayvonlarning intellektual xatti-harakatlari, hayvonlar «tili». Psixikaning muhitga va tana a'zolarning tuzilishiga bog'liqligi. mehnat faoliyati jarayonida ongning paydo bo'lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati. Kishi psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo'lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib etishga harakat kiladigan tadqiqotchilarni bu muammo xamma vaqt kiziktirib kelgan. Materialistik yo'nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo'lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izoxlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharqan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o'ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun xam materiya harakatining turli xil shakllarini urganadilar. Utgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo'nalishda, malum konsepsiya asosida urgangan bulsalar xam, albatta, o'z asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo'lishi, rivojlanishi va o'zgarishlari to'g'risida kimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, makollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar o'g'it-nasihat va hikoyatlarida; 3) komusiy, o'rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod kilgan shoir va yozuvchilar ijodining maxsullarida, yani ilmiy-badiiy asarlarda. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidensiyalarning shakllariga karab bo'linish i», «Sharxlardan», «Xikmat manolari», «aql manolari to'g'risida» kabi kator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy uzining «o'tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma'lumotlarni keltiradi. Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo'llari, fiziologik jarayonlar bilan bog'liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma'lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi xam inson shaxsini shakllantirish to'g'risidagi jiddiy asardir. Yusuf Xos Hojibning «Kutadgu bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Abdurahmon Jomiyning «bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuxfatul axror», «Sisilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar o'rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Devoniy uzining «axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni turtga bo'ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul Kulub»» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma'naviyati, odamlarga munosabati, istedodi va qobiliyati to'g'risida kimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida urin egallaydi. Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. sharq va g'arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog'liq kator og'zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi. (Karang: Goziev E. Psixologiya, T:»o'qituvchi» 1994 y. 33-35 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.56 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga