Psixika, uning taraqqiyoti va ongning paydo bo'lishi

Psixika, uning taraqqiyoti va ongning paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika, uning taraqqiyoti va ongning paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Psixika, uning taraqqiyoti va ongning paydo bo'lishi Reja: Psixikaning filogenezda rivojlanishi. a) Psixika materiya evolyutsiyasi mahsuli ekanligi. b) Quzg'aluvchanlik, tropizm. v) xatti-harakatlarning instinktiv shakllari. g)Hayvonlarning intellektual xatti - harakatlari, hayvonlar «tili». Psixikaning muhitga va tana a'zolarning tuzilishiga bog'likligi. Mehnat faoliyati jarayonida ongning paydo bo'lishi va uning ijtimoiy - tarixiy mohiyati. Kishi psixikasining paydo bo'lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo'lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib etishga harakat kiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt kiziktirib kelgan. Materialistik yo'nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo'lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharqan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o'ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini urganadilar. Utgan ajdodlarimiz psixologiya muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo'nalishda, malum konsepsiya asosida urgangan bulsalar ham, albatta, o'z asarlarida psixik holatlarning aks etishi, namoyon bo'lishi, rivojlanishi va o'zgarishlari tug'risida kimmatli fikrlar bildirishgan. Bular 4 xil manbada uchraydi: 1) xalq ijodiyotida-rivoyatlar, makollar, matallar va masallar; 2) maxsus ijodkor kishilar o'g'it-nasihat va hikoyatlarida; 3) komusiy, o'rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlarida; 4) turli davrlarda ijod kilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullarida, yani ilmiy-badiiy asarlarda. Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi qarashlari «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va aktsidensiyalarning shakllariga karab bo'linish i», «Sharhlardan», «Hikmat manolari», «aql manolari tug'risida» kabi kator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxon Beruniy uzining «o'tmish yodgorliklari» kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma'lumotlarni keltiradi. Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo'llari, fiziologik jarayonlar bilan bog'lik psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma'lumotlar bor. Uning «Odob haqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish tug'risidagi jiddiy asardir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xiradnomai Iskandariy», «Tuhfatul ahror», «Silsilatuz zaxob» va boshqa asarlarida ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya, kasb-hunar o'rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan. Devoniy uzining «axloqi Jaloliy» nomli asarida insoniy fazilatlarni turtga bo'ladi va bular donolik, adolat, shijoat va iffatdir. Alisher Navoiyning «Xazoinul Maoniy, «Maxbubul kulub» va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma'naviyati, odamlarga munosabati, istedodi va qobiliyati tug'risida kimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani takidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida urin egallaydi. Rossiyada psixologik qarashlar namunalari. sharq va arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog'lik kator og'zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi. (Qarang: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.06 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.06 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga