Psixodiagnostika fanining predmeti, vazifalari

Psixodiagnostika fanining predmeti, vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixodiagnostika fanining predmeti, vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Psixodiagnostika fanining predmeti, vazifalari Reja: 1. Psixodiagnostika fanining predmeti. 2. Psixologik diagnoz haqida tushuncha. 3. Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari va xususiyatlari. 4. Simptomatik, etnologik, tipologik diagnoz kuyish bosqich turlari. I. PSIXODIAGNOSTIKA FANINING PRYeDMYeTI Bolalar bog'chasidagi bolalarning qobiliyat va layokatlarini xar tamonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining maxsuldorligi pedagogning o'z tarbiyachilarini yaxshi bilishga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo'llashga boklik harakat kiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida shaxs aktsentuatsiyasining turli ko'rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab kilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga karovsizlik kabi muammolarni xal qilishga to'g'ri keladi. o'qituvchi ta'lim va tarbiyadagi kiynchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo'lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarini psixologik-diagnostika metodlarini egallashi zarur. o'qituvchining psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda kanchalik to'g'ri foydalana olishi xam zarur hisoblanadi. Tajribaga asoslangan fan sifatida 19-asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o'lchash g'oyasi keng tarkaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi indiviual farqlarga kizikishining ortishi bilan boglangan. Psixodiagnostika psixologik diagnoz kuyish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko'rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir. Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan manoni anglatadi)-shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chikib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining sunggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz kuyishning 3 bosqichi farqlanadi. Simptomatik diagnozda dasturi mavjud xar qanday EXM bajarishi mumkin bo'lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Etnologik dagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligini emas, balki uning vujudga kelish sabablari xam hisobga olinadi. Tipologik dagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o'rni aniklanadi. PSIXODIAGNOSTIK tadqiqotLARNING VAZIFALARI VA XUSUSIYaTLARI. Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog'liq ravishda bazi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining xar bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik tekshiruv yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natijalari yordamchi xarakterga ega bo'lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniklashda kullaniladi. Bunda ta'lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda: faoliyatda, mulokatda va boshqalarda (shaxs xulk-atvori xarakteristikalarini tuzishda) hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, bog'chada, maktab va boshqa jamoat joylarda individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar sxemasini tuzishda kullanishi mumkin. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.04 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga