Psixodiagnostika fanining predmeti Peja 1.Psixodiagnostika nima? 2.Psixodiagnostika predmeti va vazifalari. 3.Ilmiy va amaliy psixodiagnostikaning asosiy masalalari. 4.Amaliy psixologiya va uning sohalari. 5.Psixodiagnostika - professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida. 6.Psixodiagnostika va differensial psixologiya. Asosiy tushuncha va atamalar Psixodiagnostika; psixologik tashxis qo'yish; ilmiy va amaliy sixodiagnostika; psixodiagnostik usullar; psixologik bilimlar; psixodiagnostikani tashkillashtirish; amaliy psixologiya; nazariy psixologiya; professional faoliyat; differensial psixologiya Rsixodiagnostika so'zini asl mohiyati psixologik tashxis qo'yish yoki kishining mavjud psixologik holati va xususiyati haqida qaror qabul qilishni anglatadi. Psixodiagnostika - amaliy jihatdan deyarli psixologning barcha faoliyat doiralarida, ya'ni psixologik-pedagogik tadqiqotlarda muallif yoki ishtirokchi sifatida qatnashayotganda, psixologik maslahat hamda psixologik korreksion ishlarni amalga oshirayotgan jarayonda qo'llanadi. Ammo ko'pincha amaliy psixologning ishlarida psixodiagnostika - faoliyatning alohida mustaqil turi sifatida namoyon bo'ladi. Uning maqsadi psixologik tashxis qo'yish, ya'ni kishini mavjud psixologik holatini baholash orqali ifodalanadi. Psixodiagnostikaning nazariy asoslari psixologiya fanining turli jabhalari, jumladan, umumiy, dif-ferensial, tibbiy, yosh davrlari psixologiyasi kabi sohalarga asosla-nadi. Uning metodik usullariga esa, individual-psixologik xususiyatlar-ni o'rganish, olingan natijalarni Shunday qilib, diagnostika yorqin namoyon bo'luvchi individul-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma'lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma'lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.qayta ishlash va tahlil qilishning aniq yo'l-yo'riqlari kiradi. Psixodiagnostika sohasidagi nazariy metodik ishlarning yo'nalishlari avvalambor psixologik amaliyot talablari asosida belgilanadi. Ushbu talablarga muvofiq usullarning maxsus kompleksi shakllanadi. 1.2. Psixodiagnostikaning predmeti va vazifalari Psixodiagnostika psixologiyani ilmiy va amaliy jabhalaridan tashqari, uning boshqa sohalarida ham keng qamrovda qo'llaniladi. Masalan, tibbiy psixologiya, patopsixologiya, injenerlik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi kabi insonning psixologik xususiyatlarini bilish talab qilinadigan barcha sohalarida foydalaniladi. Ilmiy va amaliy psixodiagnostika yuqorida qayd etilgan barcha holatlarda ham o'ziga xos muhim vazifalarni hal etadi. Ularga quyidagilar kiradi: Insondagi mavjud biror psixologik xususiyat yoki xulq-atvori holatini aniqlash; Mazkur xususiyatning shakllanganligi, ya'ni uning miqdoriy va sifatiy ko'rsatkichlarda namoyon bo'lishi darajasini o'rganish; Zarur bo'lgan holdagina shaxsning tashxis qilinayotgan xulq-atvoridagi psixologik xususiyatlarini ochib berish; O'rganilayotgan xususiyatlarning shakllanganlik darajasini taqqosiy ishlanmasini yaratish. Amaliy psixodiagnostikada sanab o'tilgan vazifalarning har biri alohida yoki kompleks tarzda olib borilayotgan tadqiqot maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi. Demak, psixodiagnostika psixologdan professional faoliyati jarayonida maxsus tayyorgarlik talab qiluvchi murakkab sohadir. Psixolog (tashxischi) egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar shunchalik keng va murakkabki, uning o'zlashtirilishi bilan psixodiagnostikani professional psixolog faoliyatining negizi sifatida e'tirof etilishiga sabab bo'ladi. Haqiqatdan ham amaliy psixologlarni malakali mutaxassis etib tayyorlash ahamiyatga molik omildir. .Psixologiya fanida psixologik tashxis qo'yish so'zining ikki xil tushunchasi mavjud. Birinchisi, Psixodiagnostika - amaliyotda turli psixodiagnostik usullardan foydalanish mumkin bo'lgan psixologik bilimlar doirasini ifodalab, u o'z ichiga tashxis jarayonini muhim ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
117.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
117.81 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: ppt