Psixodiagnostika metodlari va ularning klassifikasiyasi Режа 1. Psixodiagnostik metodlarining tadqiqot metodlaridan farqi. 2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari. 3. Diagnostikaning psixologik-pedagogik jihatdan asosiy yo'nalishlari. 4. Zamonaviy psixodiagnostika metodlariga qo'yiladigan jarayonlashtirish va verifikasiya talablari hamda ularning qo'llanilishi darajasi. 5. Psixodiagnostika metodlarning sifat va miqdoriy xarakteristkasi hamda individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi Asosiy tushuncha va atamalar Metod, jarayonlashtirish, metod, mezon, tiplar, adresatlik, tasavvur, ma'lumotlar xarakteri, test normalari, didaktika, xalq xo'jaligi 4.1. Psixodiagnostik metodlarining tadqiqot metodlaridan farqi Ma'lumki, Psixodiagnostika ikki xil mazmunni o'z ichiga qamrab oladi. Birinchisi, ilmiy psixologik bilimlarni soha sifatmda tadqiq etsa, ikkinchisi ularni amaliy qo'llanilishining maxsus jabhasini yoritib beradi. Psixodiagnostika psixologik bilimlar sohasi sifatida bir qator diagnostik metodlar tamoyillarini, amalga oshirish jarayonlarini va tekshirish usullarining ilmiyligini o'zida ifoda etadi. U amaliy soha sifatida esa, metodlarni amalda qo'llash bilan bog'liq bo'lgan professional bilim va ko'nikmalarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ikkala holatda ham insonning psixigik jarayonlari, holatlari va xususiyatlarini baholash usullari xususida fikr yuritiladi. Nazariy psixodiagnostika tadqiqot jarayonlarini ilmiy jihatdan asoslab bersa, amaliy psixodiagnostika ularni qanday qilib to'g'ri va ishonchli bajarishni ko'rsatib beradi. Zamonaviy psixologiyada psixodiagnostikaning juda ko'p turlari qo'llanilsa-da, ularning hammasini ham ilmiy jihatdan asoslangan, deb bo'lmaydi. Bundan tashqari, ularning orasida tadqiqot hamda shaxsiy psixodiagnostik metodlar ham mavjuddir. Qayd etilgan so'ngi metodlardan o'rganilayotgan psixigik xususiyatning sifatiy va miqdoriy xarakteristisini baholash maqsadida foydalaniladi. Kishining psixik jarayonlari, holatlari va xususiyatlarini o'rganishga mo'ljallangan hamda ma'lum maqsadga yo'naltirilmagan tajribaviy ilmiy tadqiqotlar jarayonidan ishonchli natmjalarni olish maqsadida qo'llaniladi. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari o'rtasidagi o'zaro tafovutni quyidagi ikki misol tariqasida ko'rsatish mumkin: 4.2. Psixodiagnostik metodlari klassifikasiyasining mezonlari va asoslari Yuqorida tasvirlangan psixodiagnostik metodikalar guruhiga asoslanib, ularning yanada kengroq yoritilgan klassifikasiyasini umumiy kriteria (mezon)larini ajratish mumkin. Bu esa quyidagi mezonlarga bo'linadi: test vazifalari qo'llaniladigan metodika tiplari; metodikada qo'llaniladigan test materiallari adresati; sinaluvchi kishilar tomonidan test materiallarining tasavvur qilinish shakli; psixodiagnostik xulosalar uchun qo'llaniladigan ma'lumotlar xarakteri; metodikalardagi test normalarning mavjudligi; metodikalarning ichki tuzilmasi. Test vazifalarining qo'llanilish tiplariga qarab psixodiagnostik metodikalar: so'rovnomali (sinaluvchilarga qaratilgan savollar); ta'kidlovchi (sinaluvchiga berilgan hukm va xulosalardan o'z fikriga mosini tanlash bilan bog'liq bo'lgan); mahsuldorli (sinaluvchining ijodiy mahsuldorligini biror-bir ko'rinishi: verbal, obrazli, materialli); harakatli (sinaluvchining bir qancha harakatlarni bajarishi bilan bog'liq topshiriqlar); fiziologik (psixodiagnostika kishining ixtiyorsiz fiziologik va fizik reaksiyalarga ta'siri asosida amalga oshadi) kabi tiplarning farqlanishi.; Test materiallarining adresati asosida psixodiagnostik metodlar: anglangan (kishi ongini tekshirib boradigan); anglanmagan (kishining anglanmagan ta'sir reaksiyalari)ga bo'linadi. Birinchi tipdagi metodikalarga so'rovnomalarni, ikkinchi tipdagisini esa, proyektiv metodlarni kiritish mumkin. Sinaluvchi kishilarning test materiallarini tasavvur etish shakliga ko'ra: blankali (test materiallarini ifodalanishi yozma yoki ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.56 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
128.56 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: ppt