Psixodiagnostika tarixi

Psixodiagnostika tarixi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixodiagnostika tarixi - rasmi

Material tavsifi

Psixodiagnostika tarixi Reja: 1.Psihodiagnostikaning fan sifatida vujudga kelishi. 2.Individual farklarni aniqlashda testlarning ishlatilishi. 3.Psihodiagnostika rivojlanishining asosiy boskichlari 4.Psihodiagnostika mustakil fan sifatida HIH asrning ohirlarida vujudga keladi. Bu fanning paydo bo'lishi F. Gelton(1879); Dj. Kettell (1890); N. Ebbingauz (1891); A. Bine (1896) nomlari bilan uzviy boglangan. Bu olimlar utkazgan tadqiqotlarda individual farklarni o'rganishning yangi statistikaga asoslangan kuroli - test ishlatila boshlangan. Mashhur ingliz olimi F. Galьton 1884-1885 yillar davomida bir necha seriyalarda tajribalar utkazadi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo'lgan hohlovchilar arzimagan hak evaziga labarotoriyada uzlarining jismoniy xususiyatlari-kuchi, reakciya tezligi; organizmning fiziologik imoniyatlari hamda psihik hislatlarini 17 kursatkich buyicha tekshirishlari mumkin edi. Bu kursatkichlar qatoriga shuningdek, buy ohirlik, upkaning tiriklik sigimi, kaft va musht kuchi; harflarni eslab kolish qobiliyati, kurish utkirligi, rangni farklash kabi kursatkichlar ham kiritildi. Tulik dastur buyicha hammasi bulib 9337 kishi tekshirib chikildi. F. Galьtonning fikriga ko'ra, testni o'tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanining haqiqiy asosi, poydevorideb karala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta'kidlab utgan: kachonki asosini eksperiment va ulchash, aniqlash tashkil kilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo'lishi mumkin. 1890 yilda nashr kilingan ilmiy ishida u 50 turdagi laborotoriya testlarining ruyhatini keltiradi, Hozirgi kunda ularni testdan ko'ra ko'prok topshiriqlar deb atash to'g'rirok bo'ladi, Bu topshiriqlar testlarga kuyiladigan talablardan fakat ikkitasiga ega edi: uni kullash ko'rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborotor) ilmiy harakteri ta'kidlangan edi. Bu talablarga ko'ra laborotoriya yahshi jihozlanishi: testni o'tkazish vaqtida begonalar bulmasligi: barcha tekshiruvchilarga bir hilda ko'rsatma berilishi, ya'ni ular nima qilishlari kerakligini yahshi uzlashtirib olishlari lozim edi. F. Galьton va Dj. Kettell dastlabli asarlari nashr etilgach,test metodi goyasi turli mamlakat olimlarining dikkatini o'ziga tortdi. Shu tarika uning tarafdorlari va karshi bo'lgan olimlar paydo bula boshladi. Bu metodni kullash tarafdorlariga kuyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada - G. Myunsterberg, S. Krepelin, V. Onri, Franciyada-A. Bine, AKShda - Dj. Gilbert va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya'ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan boglashga uringan olimlar edilar. Birok amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yirooklashish deb baholandi. Dj. Kettellning ta'kidlashicha, u o'zining dastlabki testlarini laborotoriya tadqiqotlarida individual farklarni aniqlash maqsadida 1885 yilda kullangan, ammo V. Vundtning karshiligi tufayli ularni nashrdan chikara olmadi. Asrimizning 20-yillarida psihodiagnostika fan sifatida keng shakllana bordi. Bunga shveycariyalik va psihiatr H. Rorshahning «Psihodiagnostika» asarining nashr etilishi asosiy turtki (1921) bulib psixologik diagnostikada yangi davr boshlandi. Psihodiagnostika tarakkiyotining ushbu davri psihometriyadagi shahsni o'rganishning yangi metodlari bo'lgan proektiv metodlar bilan boglik edi. Proektiv psixologiya bir butun shahsni o'rganish mumkin emas deb talkin kiluvchi psihometrik nuktai-nazar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 157.24 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 157.24 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga