Psixodiagnostika. Psixodiagnostik ishlar va ularga qo'yiladigan talablar Reja: Amaliy psixodiagnostika va uning vazifalari. A) Tuzatish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qo'yiladigan talablar. B) Psixolog va pedagogning birgalikda ish olib borishi va uning vazifalari. 2. Psixodiagnostik tekshirish ishlarini olib borishga qo'yiladigan talablar. 3. Individual va guruh bilan olib boriladigan diagnostikaning o'ziga xos xususiyatlari. 4. Kompyuter texnikasidan foydalanish. Tayanch tushunchalar: Amaliy psixodiagnostika, psixodiagnostik ishlar, tuzatish va rivojlantirish dasturi, individual xususiyat, tarbiyadagi nuqson sabablari, psixologik teshiruv, kamolot darajasi, intellektual daraja, irodaviy sifatlari, o'z-o'zini boshqarish imkoniyati. Pedagoglar, shu jumladan muhandis-pedagoglarning kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri o'quv-tarbiya jarayonini to'g'ri va samarali boshqara olishidir. Buning uchun pedagog texnik va uslubiy bilimlarni puxta egallaganligi etarli emas. Pedagog o'z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, o'quvchilarda qiyinchilik tugdirayotgan sabablarini o'z vaqtida kila olishi lozim. Shu sababli o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish vosita va yo'llaridan biri ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o'rni , ahamiyati kanchalik katta ekanligini xech kim inkor kilmaydi. Individual yondoshish, o'quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o'rganish shart ekanligi bir kancha davlat hujjatlarida aks ettirilgan. Psixologik-pedagogik diagnostika-pedagogika va psixologiya fanlarining oraligidagi soha bo'lib, o'quvchi shaxsini uning individual xususiyalari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganadi. hunar-texnika bilim yurtlari (XTBYu) va hunar kollejlarida psixologik-pedagogik diagnostikaning mohiyati va yo'nalishi ta'lim-tarbiya jarayonini vazifalaridan kelib chikib, amaliy xususiyat kasb etadi. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari sifatida kuyidagilarni ko'rsatish mumkin: A) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari, yo'nalishlari bosqichlari va prinsiplari bilan tanishtirish; B) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo'llashga o'rgatish; V) o'quvchilar psixologiyasida, xulk-atvorida yuz bergan salbiy o'zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish. Uning maqsadi -ta'lim va tarbiya jarayonida shakllantirilayotgan o'quvchining individual sifatlarini, rivojlantirilishi yoki shakllantirilishi lozim bo'lgan xususiyatlarning mavjudligi (boshlang'ich) darajasi va o'quv jarayonidagi o'zgarishlar dinamikasini o'rganishdir. yuqoridagilardan kelib chikkan holda, psixologik-pedagogik diagnostika predmeti sifatida avvalambor o'quvchining ta'lim jarayonida (masalan, bilim darajasi) va tarbiya jarayonida (xarakter xususiyatlari) shakllantiriladigan sifatlarni ko'rsatish mumkin. Fan tarixiga nazar tashlasak, 20-30 yillarda psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar sohasida tuplangan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, ulardan ta'lim -tarbiya jarayonida unumli foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilgan. Bu borada shu yillarda «umumiy va universal fan» sifatida rivojlantirila boshlangan «PYeDALOGIYa» «yulduzlardan» P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiylar tomonidan pedagogik psixodiagnostika sohasida hozirgi kunda xam o'z dolzarbligini yukotmagan. Ammo 1936 yilda pedalogiyaning qattiq tanqid qilinishi oqibatida pedologiya va pedagogik qarashlar butunlay yukka chikarildi. Bu esa psixologiya (anikrogi shu davrdagi «psixotexnika») va pedagogika fanlarining xam rivojlanishiga katta salbiy ta'sir kursatadi. Fakat 50-60 yillardagina psixodiagnostika, pedagogik psixodiagnostika birozgina jonlandi. Ammo pedagogikada, shu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.54 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.54 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc