Psixodinamik nazariya va tarbiya

Psixodinamik nazariya va tarbiya

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixodinamik nazariya va tarbiya - rasmi

Material tavsifi

Psixodinamik nazariya va tarbiya Reja: 1. Psixodinamik nazariyada bola taraqqiyoti 2. Psixoanalitik nazariya va ta'lim tarbiya «Psixoanaliz» uch xil mazmunda qo'llaniladi: 1) shaxs va psixopatologiya nazariyasi, 2) shaxsga doir buzilishlarni davolash metodi sifatida va 3) individuumning anglanmagan o'y-fikrlari va tuyg'ularini o'rganish metodi sifatida. Ong darajalari: topografik model. Freydning topografik modeliga ko'ra psixik hayotning uch qatlamini farqlash mumkin: ong, ongoldi va ongsizlik (g'ayrishuuriy). Freyd ong darajasida insonning ayni damda ro'y berayotgan sezgilari va kechinmalari qatlamini nazarda tutgan. Uning Fikriga ko'ra psixik hayotning (o'y-fikrlar, idrok, tuyg'ular, xotira) arzimas qismigina anglanishi mumkin. Ayni pallada inson ongida kechayotgan barcha narsalar maxsus saralanishning pirovard natijasidir. Ong miyada saqlanayotgan axborotning kichik foizini tashkil etadi. Ong oldi sohasi ayni damda anglanilmayotgan biroq inson ozgina harakat qilsa anglanilishi mumkin bo'lgan hayotiy tajribani qamrab oladi. Ong oldi sohasi psixik olamning anglangan va g'ayrishuuriy sohalari uzra ko'prik vazifasini o'taydi. Inson psixik olamining eng tub va muhim qismi - gayrishuuriylikdir. G'ayrishuuriylik inson ongiga tahdid solishi mumkin sanalgan eng sodda instinktiv mayllar, emotsiya va xotiralardan tashkil topgan. Freyd inson xulq-atvorining muhim jihatlari ongdan tashqarida bo'lgan impulslar va mayllar tomonidan boshqarilishiga qat'iy ishongan. Mazkur ta'sirlar nainki anglanmaydi, balki anglanilish pallasida yoki xulq-atvorda oshkora namoyon bo'la boshlashi bilan individuumning shiddatli ichqi qarshiligiga duch keladi. G'ayrishuuriy kechinmalar, ongoldi kechinmalaridan farqli ravishda, umuman anglanilmaydi, lekin insonlar xatti-harakatini to'liq belgilaydi. Shunga qaramasdan, g'ayrishuuriylik sohasiga taalluqli kechinmalar niqoblashtirilgan holda yoki ramziy shakllarda (tushlarda, xayollarda, o'yin va mehnat faoliyatida) o'zini namoyon qilishi mumkin. Mayllar psixologiyasi libido (shahvat) nazariyasi (Z.Freyd bo'yicha) Mumtoz psixoanalizda inson anglangan va g'ayrishuuriy xayollarda (fantaziyalarda) ro'yobga chiqadigan, ilk tajriba doirasida shakllangan ehtiyojlar va xohishlar, mazkur xohishlarning aksariyati noma'qul, - degan nuqtai nazarga binoan ko'zdan kechiriladi. Kishilarda ichki ziddiyatlar mavjudligi sababsiz qo'rquvlar, aybdorlik hissi, o'ta tortinchoqlik, ichki bosim (siqilishlar) mavjud bo'lishida, shuningdek turli psixosomatik kasalliklar alomatlarining paydo bo'lishi, xarakterning patologik chizgilarida - namoyon bo'ladi. MEN (EGO) psixologiyasi Ego-psixologiyada inson - adaptatsiyaga qodirligi, voqelikni to'g'ri baholashi, psixologik himoyalarga doir jarayonlar; affektlar, tashqi olam, voqyelik talablari, ehtiyojlarning ichki olamiga murojaat qilish (nafsni tanish) - nuqtai nazariga binoan ko'zdan kechiriladi. Ushbu nazariyaga aqoidiga ko'ra adaptatsiya sohasi taraqqiyotiga doir buzilishlar bu «O'zlikni anglash (Ego) nuqsonlari» sifatida ko'zdan kechiriladi. O'zni tahlil qilish (Autoanaliz) O'zni tahlil qilish (autoanaliz) nazariyasiga binoan inson: subyektiv darajada o'zini qanday his qilishi, uzviylik (mayllari, o'yfikrlari, xatti-harakatlari o'rtasidagi mushtaraklik), baholovchi mulohazalari, subyektiv holatlarning o'zgarishiga bo'lgan javoblari (reaksiyalari); refleksiya: o'ziga-o'zi tashqaridan qaray olishi; o'zlikning ustivor pozitsiyasi; o'zlikning differensiatsiya darajasi (onadan - onaning anglanmagan xohishlari, mayllari, ta'siridan - kishi o'zini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 655.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 655.59 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga