Psixogeometrik test

Psixogeometrik test

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixogeometrik test - rasmi

Material tavsifi

Ko'rsatma: yuqorida ifodalangan beshta shaklga qarang. Siz bu - Men! deb ayta oladigan shaklingizni tanlab oling. Faqat hech qanday mantiqiy tahlil va nokerak aqliy harakatlar bilan shug'ullanmang. Bu hech narsaga olib kelmaydi. Faqat o'zingizni shaklingizni his qilishga harakat qiling. Agar juda qiynalayotgan bo'lsangiz, shakllar ifodalangan varaqni kuzatganingizda birinchi bo'lib sizning diqqatingizni jalb etgan shaklni tanlang. Bu shaklning nomini birinchi raqam bilan yozib qo'ying. Endi qolgan to'rtta shaklni ushbu tartibda o'zingizga maqulligi asosida joylashtirib chiqing. Marhamat, uzoq o'ylamasdan bu ishni amalga oshiring. Agar qiynalsangiz quyidagi strategiyadan foydalaning: tasavvur qilingki, qolgan to'rtta, keyin 3 ta, keyin 2 ta shakl orasidan o'zingizni tanlashingiz kerak. Biz tajribaning boshidanoq sizga beshta emas, balki to'rtta, uchta shakl taklif etishimiz ham mumkin edi -ku. Oxirida qolgan, yani nomini siz beshinchi raqam belgilab qo'yadigan shakl, yaqqol sizniki bo'lmagan, yani sizga to'g'ri kelmaydigan shakl bo'ladi. Sizni tabriklaymiz! Ishning birinchi, eng og'ir bosqichi yakunlandi. Oldingizda sizning subyektiv intilishingiz aks etgan geometrik shakllarning tartibli qatori turibdi. Siz birinchi o'ringa qaysi shaklni qo'yganingizdan qatiy nazar bu sizning asosiy shaklingiz, yoki subyektiv shaklingiz. Aynan shu sizning xarakteringizda va xulq -atvoringizdagi asosiy, ustun belgi va xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi. Qolgan to'rtta shakl esa sizning xulq -atvoringizdagi yetakchi ohangni bezab turadigan o'ziga xos belgilovchilar. Ularning ta'sir kuchi tartib raqami ortib borishi bilan pasayib boradi. Agarda ikkinchi o'rinda turgan shaklning ayrim xarakteristikalarini siz o'z xulq -atvoringizda ko'rishingiz mumkin bo'lsa, oxirida, beshinchi o'rinda turgan shakl siz yaqqol o'zingizda bo'lmagan (o'zingizga yoqmay turgan) vaqtingizda namoyon bo'ladi. Oxirgi shaklning boshqacha ahamiyati siz uchun muhimroq -u sizga o'zaro munosabatga kirishishingiz eng qiyin kechadigan odamning shaklini ko'rsatadi (ishonchimiz komilki, siz psixogeometrik test yordamida bu qiyinchilikni muvaffaqiyat bilan bartaraf etasiz). Keling, endi psixogeometrik testni tushunish bilan shug'ullanamiz. Shaxs asosiy shakllarining qisqacha tavsifi. Kvadrat. Agar sizning asosiy shaklingiz bo'lsa, demak- siz hormas -tolmas mehnatkashsiz! Mehnatsevarlik, tirishqoqlik, boshlangan ishni oxiriga etkazishga bo'lgan ehtiyoj, ishini tugallashga erishishiga imkon beradigan qatiyatlilik - bular haqiqiy Kvadratlarni mashhur qiladigan narsalardir. Chidamlilik, toqat va ishni ko'zini bilishlik odatda Kvadratlarni o'z sohasida yuqori malakali mutaxassis bo'lishini tayinlaydi. Kvadratlarda informatsiyaga nisbatan juda kuchli ehtiyoj mavjud, ular turli - tuman ma'lumotlarning kolleksionerlari hamdir. Chunonchi bu kolleksiya qaerda - miyadami yoki maxsus kartotekadami saqlanishidan qatiy nazar, u juda tartibli saqlanadi. Barcha ma'lumotlar sistemalashtirilgan, javonlarga ajratilgan. Kvadrat zarur ma'lumotlarni shu zahotiyoq bera oladi. Shuning uchun ham Kvadratlarni haqli ravishda erudit (juda bo'lmaganda o'z sohasida) deb hisoblashadi. Fikriy tahlil - Kvadratning eng kuchli tomonidir. Agar siz o'zingiz uchun to'g'ri chiziqli shakl bo'lmish Kvadratni qatiy tanlagan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.91 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.91 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga