Psixokonsultativ diagnostika

Psixokonsultativ diagnostika

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixokonsultativ diagnostika - rasmi

Material tavsifi

Psixokonsultativ diagnostika Reja: Shaxs nevrotizatsiyasi simptomlari haqida ma'lumot Pedagogning nevrotik bolalar bilan ishlashdagi psixologik kompetentligini aniqlash uslubi Shaxs nevrotizatsiyasi simptomlari haqida ma'lumot Tarbiyachilar jamoasi har qancha urinishidan qat'iy nazar, ta'lim jarayonida xulqi og'ir bolalar ham uchrab turadi. Hozirgi davrda bunday bolalar bilan yakkama-yakka ishlash usuli yaratilgan, fe'l-atvordagi nuqsonlarning xatti-harakati nosog'lomligining oldini olish va tuzatish yo'llari ilmiy asosda ishlab chiqilgan. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, xulqi og'ir, injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishining ijtimoiy sabablaridan tashqari, pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. Bolalarda nojo'ya xatti-harakatlar paydo bo'lishining sabablari va turtkilari har xildir. Shaxsning biologik boladagi nuqsonlar sezgi organlarining kamchiliklari, ta'lim va tarbiyaga salbiy ta'sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperametirdagi qusrlar tarbiyasi qiyilarni keltirib chiqaradi. Shaxsning subyektliligini mavjud emasligini, bolaning intilishi bilan mavjud imkoniyati o'rtasidagi nomutanosibligi va xoka'zolar xatti-harakatini izdan chiqaradi. Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar: axloqiy xislarining yetishmasligi, tarbiyachi guruh jamoasi, oila a'zolari bilan noto'g'ri muloqot, ishyoqmaslik, bo'sh vaqtni to'g'ri taqsimlamaslik va boshqalar ham salbiy qiliqlarni vujudga keltiradi. Shaxsning bilim, ta'lim-tarbiya faoliyatidagi kamchiliklari: aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik, eng muhim bilim, ko'nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar; guruhiy faoliyatdagi: tarbiyadagi nuqsonlar tarbiyaviy chora va tadbitlardagi xatolar ham shular jumlasiga kiradi. Bog'chadan tashqari muhit ta'siridagi nuqsonlar, chunonchi, oilada pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi, oilaviy nizolar, ajralish, ota-onaning ichqiliqka va shoxvoniy hayotga berilishi, balog'tga yetgan tengqurlarining ta'siri, madaniy-ma'rifiy ishlab chiqarish jamoalari hamda jamoatchilik qurshovidagi kamchiliklar ham xulqi og'ir bolalar ko'payishiga sabab bo'ladi. Pedagogning nevrotik bolalar bilan ishlashdagi psixologik kompetentligini aniqlash uslubi Nevrotik bolalar xulqini korreksiya qilish bo'yicha pedagoglar oldida qo'yilgan vazifalarning bajarilishi tarbiyachidan muayyan darajadagi psixologik bilimlarga ega bo'lishni talab etadi. Biroq nevrotik bola - psixokorreksion jarayonning yagona ishtirok-chisi emas. nevrotik bolaga psixologik hamrohlik qilish tizimli xarakterga ega bo'lib, bola shaxsi ichidagi har qanday tuzilmalar, bog'cha modelining har qanday bo'limlari, oila ichidagi o'zgarishlar bir-biriga ta'sir ko'rsatadi, birining o'zgarishi boshqalarining o'zgarishiga olib keladi. Pedagogning xulqi og'ishgan bolalar men timsolini korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyati samaradorligi ko'p hollarda tarbiyachining kasbiy pozitsiyasi, shuningdek, pedagoglar tomonidan bola shaxsini umr yo'li davomida rivojlanish xususiyatlarini oldindan bashorat qilish bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni baholash, oldindan aytib berish usullari va ularni boshqarish turlicha bo'lishi mumkin. Bunda shuni hisobga olish zarurki, bola o'z hayotining u yoki bu holatlarini adekvat tahlil qila olish xulq-atvorida ularga asoslanib o'zi va o'z kelajagi haqida ma'lum tasavvurlarga ega bo'lishi muhim o'rin tutadi. Pedagog va bola o'rtasidagi asosiy o'zaro ta'sir tarbiya jarayonida yuz beradi va psixologning mazkur jarayonidagi vazifasi pedagogga umrning mazkur bosqichida psixik va shaxslilik rivojlanishi me'yorlariga o'z qarashlarini birlashtirgan holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.91 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.91 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga