Psixokonsultativ ishlar mazmuni

Psixokonsultativ ishlar mazmuni

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixokonsultativ ishlar mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Psixokonsultativ ishlar mazmuni Reja: Agressiv xulqli bola bilan olib boriladigan psixokonsultativ ish Odamovilik va u bilan olib boriladigan ish mazmuni Odamovilik va uning psixodiagnostikasi Agressiv xulqli bola bilan olib boriladigan psixokonsultativ ish Agressiv xulqni «yomon» bilan bir xil hisoblash mumkin emas. Og'ir, xavfli vaziyat paydo bo'lganida agressivlik himoya, ba'zida esa vaziyatni bartaraf etuvchi funksiyani bajaradi. Agressiv xulq ayniqsa bolada yoshga xos bo'lgan o'tish davrida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, yosh davrlari qoizisi paytida bolaning yashashi qiyinlashadi, har qanday murakkab vaziyatda bola qiyinchilikni his qiladi va shu sababli agressiv xulqning elementlari kuzatish mumkin. Bu normadagi bolaga ham, agressiv xulqli bolaga ham birdek tegishli. Affektiv buzilish bo'lganida agressiya odatiy hodisaga aylanadi, hatto xulq-atvorning birdan bir shakli bo'lib qoladi. Biroq bunga qaramasdan, bola xulqida agressivlikning bor bo'lishi ular bilan o'zoro munosabatda qiyinchilik tug'diradi. Agressiv tendensiyalarni tasodifiy salbiy holat deb baholab bo'lmaydi. Shuni esda tutish kerakki, affektiv taraqqiyot jarayonida bola aktivligi qonuniy ravishda oshishi mumkin. Odatda, kattalar yordamida o'tkazilgan psixokorreksiyaning bu zaruriy bosqichida bola o'zini qurshagan reallik bilan nisbatan adekvat turdagi muloqotni o'zlashtirishi mumkin. Bola agressiyasini korreksiya qilishni uning sababini aniqlashdan boshlash lozim. Agar agressiya emotsional motivatsion sferaning buzilish sababli bo'lmasa korreksion faoliyatni uni yo'qotishga emas, balki salbiy oqibatlarga olib keluvchi agressiv xulqni yumshatish va uning namoyon bo'lishiga yo'l qo'ymaslikka qaratish lozim. Shu bilan birga kattalarni uning agressiv reaksiyasiga adekvat idrok qilishga tayyorlash lozim. Boshqa holatda, ya'ni agressiya emotsional motivatsion sferaning buzilishini namoyon bo'lishi bo'lsa, psixolog yoki tarbiyachi harakati bolaning mustahkamlanmagan agressiv harakatiga yo'naltirilishi lozim. Korreksion metodikaning qo'llanishi to'liqligicha agressiv xulqning sababiga bog'liq bo'ladi. Korreksiya metodi konqoyet hodisa va konqoyet bolani hisobga olgan holda tanlanadi. Bu quyida sharhlangan korreksiya metodlarini diqqat bilan ko'rib chiqishni taqozo etadi. 1.Agressiyaga moyillikni e'tiborga olmay qo'yish, unga atrofdagilarning diqqat qaratmasligi 2.Agressiv harakatlarni o'yin mazmuniga kiritish va unga yangi emotsional mazmun berish. Bu orqali bolaning atrofdagilarga zarar yetkazmagan holda agressiv moyilligini chiqarib yuborish (masalan, qaroqchi va kazaklar o'yinida agressiv xulqli bolaga qaroqchi rolini berish). Odamovilik va uning korreksiyasi. Odamovilik - og'ish bo'lib, muloqot doirasining torayishi, atrofdagilar bilan emotsional munosabatda bo'lish imkoniyatining kamayishi, yangi ijtimoiy munosabatlarni o'rnatishda yosh davrlariga xos bo'lgan qiyinchiliklar bilan namoyon bo'ladi. Bu og'ishning sababi quyidagilar bo'lishi mumkin: Uzoq davom etgan stress (masalan ota-onaning ajrashishi), emotsional muloqotning yetishmasligi ( masalan, uzoq vaqt kasalxonada bo'lish, yoki ba'zan bolaning ota-ona uchun kutilmagan yoki istalmaganligi, ota-onaning bolaga mehr ko'rsatmasligi), emotsional sferaning o'ziga xos individual patalogik xususiyati (psixik jarayonlarning sustligi va h k). Odamovilik bolaning munosabat o'rnatishi va uning davom ettirish imkoniyatini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.49 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.49 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga