Psixokorreksiya fanining maqsadi va vazifalari Reja: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «ta'lim to'g'risida»gi qonunning milliy tajribalarning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon mikyosida yutuklar asosida tayyorlanganligi. Psixokorreksiya fanining predmeti va vazifalari. Psixokorreksiya faning psixologiya fanining asosiy tarmoqlari bilan aloqasi. Psixologik diagnostika va korreksiya fanlarining o'qitishda hozirgi zamon Vatan va chet el psixologiyasi sohasida erishilgan yutuklar. Tayanch iboralar: fanning predmeti, vazifalari, psixokorreksiya, psixodiagnostika. Psixokorreksiya so'zi - inglizcha so'zdan olingan bo'lib, to'g'rilamok degan manosi berib shaxsning kamchiliklarini tuzatish usullarini qo'llash. Psixodiagnostika so'zi - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, diagnos bilishga kodir, psixo - Rux degan manoni anglatadi. Shaxsning individual psixologik xususiyatlarini aniklovchi va o'lchashni ishlab chikuvchi psixologiya usuli. Inson uning xar tomonlama uygun kamol topishi va faravon shaxs manfatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarni yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk atrofning andozalarini uzgartirish Respublikada amalga oshiralayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. xalqning boy intellektual merosi va umum bashariy qadriyatlar asosida zamonaviy, madaniy, iqtisodiy Fan texnika, texnologiyalarning yutuklari asosida kadrlar tayyorlashning mukamal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» ta'lim-tarbiya O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi qonunining qoidalariga muvofik holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribalarning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb hunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda munjalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning Yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Bugungi kundagi Oliy o'quv yurtining talabalari ertangi kunning yetuk mutaxasislari va ziyolilari sifatida usib kelayotgan avlod ongi va ruhiyatiga adolatli Vatan bilan faxrlanish, ertanchi kunning yetuk insonlari, ertangi kunga ishonch, milliy gurur, iftixor tuyg'ularini singdirishda shaxsiy urnak namunasi bilan o'z xissalarini kushmoklari shart. Chunki ziyolilikning muhim belgisi umuminsoniy qadriyatlarni bilish, ularni kadrlash, o'z kasbi sir-asrorlarining chuqur bilimdoni va moxir ustasi bo'lish kasb etikasi, pedagogikasi va psixologiyasi asoslarini tulik anglash va ularni o'z faoliyatida qo'llashdir. Demak Yangi zamon kishisi o'z-o'zini va uzgalarni psixologiyasini moxir bilagoni, kerak bulsa, PSIXODIAGNOST VA PSIXOKORRYeKTIRIDIR. Psixokorreksiya fanining maqsadi talabalarni psixologik korreksiya sohasidagi Amaliy psixologiyaning hozirgi zamon yutuklari Bilan tanishtirish, olgan bilimlarini amalda ishlata bilishni rivojlantirishdir. Shuningdek psixokorreksiya insonning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishni usullarini kulan jarayonini xam o'rganadi. Psixokorreksiyaning asosiy vazifasi Respublikada va chet ellardagi psixodiagnostika va korreksiya bo'yicha erishilgan yutuklarni ilmiy adabiyotlar orqali o'rganishni takozo etadi. Psixologik ishlar majmuasi o'quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o'qitish davomida psixologik, pedagogik jihatdan chuqurrok o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlari, ta'lim-tarbiyasidagi nuqsonlarni aniklashga munjallangandir. Diagnostika va korreksion ishlar guruhiy yoki yakka (individual) tarzda o'tkaziladi. Bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc