Psixolog tanlovni amalga oshirish

Psixolog tanlovni amalga oshirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixolog tanlovni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Psixolog tanlovni amalga oshirish Reja: 1. Maktab psixologining o'zini reklama qilish 2. Maktabda leksiya psixologiyasi 3. Psixolog ma'ruzachining o'zini-o'zi boshqarishini psixotexnikasi 4. ma'ruza o'qishda psixologning roli Psixolog maktab kutilmalarini ijtimoiy-psixologik tadqiq kilgandan sung psixolog o'z ishi uchun qanday metodikalardan foydalanishi, qanday yosh davri bilan ishlashni tanlaydi. Bunday xal qiluvchi karorni kabul qilish uchun psixolog quyidagi harakatlarni amalga oshiradi. 1. Bildirilgan maktab kutilmalarining kaysi biri haqiqiy va asosiy hisoblanadi, kaysilari yuk, degan savolga javob topishi zarur. Birinchi guruhga psixolog kasbi imkoniyatlari haqida tasavvurdan kelib chikib, kutilmalarni kiritadi. Ikkinchi guruhga boshqa kasblar bilan koniktiriladigan kutilmalar kiradi. 2. Psixolog kasb imkoniyatlari bilan xal kilinadigan birinchi guruh kutilmalarini tahlil qilib psixolog 2 ta ruyxat tuzadi, ruyxatda kutilmalar ahamiyatiga ko'ra saralanadi. Birinchi ruyxatda maktab kutilmalari maktabning obyektiv ehtiyojlariga ko'ra tuziladi. Bunda maktabda birinchi navbatda xal qilinishi zarur bo'lgan muammolar ruyxat boshida turadi, ikkinchi ruyxat u xal kila oladigan muammolardan boshlanib, xal qilinishiga kuzi etmaydigan muammolar bilan tugallanadi. 3. Tuzilgan ikki ruyxatni o'z oldingizga ko'ying. Maktabni kiziktiradigan va siz xal kila oladigan muammoni toping. Bu muaamo ikki talabga javob berishi lozim: uning xal qilinishi maktab uchun zarur, hamda siz psixolog sifatida muvaffakiyatli xal qilinishiga imkon hosil qilishingiz zarur. - qoida: maktabda ishni obyektiv qiyin xal qilishga yillar kerak buladigan, bir psixologning kuchi etmaydigan, balki mutaxassislar guruhi xal kiladigan muammolardan boshlamang. Uzingiz xal qilishingizga ishonmaydigan muammolardan boshlamang. Maktab uchun zarur buladigan, o'z mahoratingizni, uzingizga ishonchni hamda muvaffakiyatlaringizni namoyon kila oladigan muammolardan boshlang. Bu xislatlar sizning ijtimoiy boyligingiz bo'lib koladi va u doim sizni himoya qiladi. Siz boshqa psixologlar kabi yanglishganingizda xam, sizning ijtimoiy boyligingiz maktab tomonidan tanqid qilishingizdan asrab turadi. Ushbu qoidaning katiyligi psixologning maktabdagi faoliyatida boshlang'ich davr mas'uliyatli hisoblanadi. Dastlab ish boshlaganda siz xato qilishga yoki kurbingiz etmaydigan katta muammoni xal qilishga kirishganligingiz uchun muvaffakiyatga erisha olmaganligingizni sabab qilishga xakkingiz yuk. Sizga berilgan dastlabki baho uzoq vaqt esda koladi. vaqt utishi bilan sizning uzingizga ishonmasligingiz, xatoga yul kuyishingiz yukoladi tajriba tuplaysiz, muvaffakiyatga erishasiz, lekin maktabga kelganingizdagi baho, soyangizdek orkangizdan anchagacha ergashib yuradi. 4. Maktab kutilmalarini ijtimoiy psixologik tadqiq qilish jarayonida psixolog odamlarning psixologiya haqida nimalarni uylashi, psixologning maktabdagi ishi haqida xamma ma'lumot oladi. Respondentlaringizni ikki guruhga buling. Birinchi guruhga psixologga ijobiy yondashadigan, uning maktabdagi rolini to'g'ri tushunadigan o'qituvchilar, ota-onalarni kiriting. Bu guruh psixologik bilimlar olishga, psixologik mashg'ulotlarda ishtirok etishga ichdan tayyorlar. Ikkinchi guruhga psixologiyaga tanqidiy yondashadigan o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar kiradi. Bu guruhga psixologiyaga befarq karaydigan yoki psixologiyani boshqa kasblar (vrach, narkolog, ruxoniy, va boshqa kasb) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.66 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.66 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga