Psixologik - pedagogik konsilium

Psixologik - pedagogik konsilium

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik - pedagogik konsilium - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Pedagogik-psixologik konsiliumning maqsad va vazifalari. 2. Psixologik-pedagogik konsilium funksiyalari. 3. Psixologik-pedagogik konsilium ishtirokchilari. 4. Psixologik-pedagogik konsilium o'quv o'yini o'tkazish Tayanch iboralar: konsilium, konsilium funksiyalari, konsilium o'quv o'yini, tarbiyasiog'ir o'smirlar, individual, psixologik xususiyat, konsilium kengashi, konsilium faoliyati. Psixoprofilaktik ishlarining usullaridan biri pedagogik psixologik konsiliumni tashkil etishdir. Yu.K. Babanskiyning ta'kidlashicha, o'quvchilarni o'rganishni yaxshi yo'lga qo'yish uchun, to'liq yozma tavsifnomalar yozishdan ko'ra sinf o'qituvchilarining o'quvchilar haqidagi fikrlarini bo'lib muhokama qilish, sinfga va o'quvchilarga individual yondashuv choralarini jamoa ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa bo'lib, muhokama qilishlarni shartli ravishda pedagogik - psixologik konsilium deb ataladi. Psixologik pedagogik konsilium o'qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq - atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo'naltirilgan bo'ladi. Konsilium (lotincha konsilium-kengash, maslahatlashish)- bir yoki bir qancha sohalardagi mutaxassislarning ma'lum muammoni mukammal o'rganish va hal etish usullarini aniqlash uchun kengashishdir. Bu tushuncha ko'p fanlarda, psixologiya va pedagogikada ham qo'llaniladi. O'smirlar xulqidagi salbiy o'zgarishlarni o'rganish uchun bu atamani qo'llashda hech bir g'ayritabiiylik yo'q. Chunki bu masala o'quvchi xulqidagi o'zgarishlarni har tomonlama o'rganishni, tarbiya jarayonida xatoga yo'l qo'ymaslikni, yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatishni kafolatlaydi. Psixologik-pedagogik konsilium- bu ota-onalar, pedagoglar, psixologlar, metodistlar va boshqalarning o'smir xulqidagi salbiy o'zgarishlar sabablarini o'rganish va ularni bartaraf etishni o'rganishdir. Psixologik-pedagogik konsiliumning maqsadi: O'quvchini psixologik jihatdan mukammal o'rganish va tahlil qilish (uning psixik rivojlanganlik darajasini, shaxsiy sifatlarini, xarakterini temperamentini, o'qishdagi va oiladagi sharoitini, sog'lig'ini, o'quv guruhidagi mavqeini, tengdoshlari orasidagi tutgan o'rnini) o'rganish va o'quvchiga uning ota-onasiga, pedagoglarga yordam berish. Psixologik-pedagogik konsilium faqatgina tarbiyasi og'ir o'smirlar uchungina emas, balki individual psixologik xususiyatlarga ko'ra oilasida , o'quv guruhida yoki o'zining ichki qiyinchiliklariga uchragan o'smirlar uchun ham foydalidir. O'smirlarning psixik rivojlanish qonuniyatlari, ularga ta'sir qiluvchi sabablarni o'rganish oilada va ta'lim-tarbiya jarayonida to'g'ri yo'l tutish imkonini beradi. Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi - o'quvchi intellektual tarakqiyotini baholashda o'qituvchilarga har xil tomondan yondashuvga yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda subyektivizmdan holi bo'lishga, ularni obyektiv baholash imkonini beradi. Lekin, baxtga qarshi o'qituvchilarda u yoki bu haqida o'z fikri bo'ladi, bu fikrlarni o'zgartirish juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo'lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak. Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 1. Pedagogik jamoa o'quvchi psixik va shaxsiy tavsiyanomalarini turli tomondan ko'rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta'kidlash joiz. Kuzatish, suhbat, psixodiagnostika natijalariga asoslanib, o'quvchi muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur. 2. Har bir o'qituvchida o'quvchiga nisbatan ustanovkasini o'zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo'lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur, konsilium o'tkazguncha sekin-asta boshlash kerak. Ko'pincha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.36 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.36 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga