Psixologik ataptatsiya va oila integratsiyasi Reja: 1.Oiladagi psixologik muhit. 2. Oila tuzilishining xilma-xilligi Ilm-fan tarixida oilani nazariy jihatdan о'rganish bilan bog'liq va bir necha ming yilni о'z ichiga oladigan (Konfusiy, Platon, Arastu davridan boshlab) azaliy an'analar mavjud. Oila - bu mustaqil olam bо'lib, boshqa ijtimoiy voqeliklarga о'xshaydi, jonli alohida va yaxlit tarixiy tizimni ifoda etadi. Oila - inson hayotining zarur va asosiy bosqichlaridan biridir. Tabiiy va ijtimoiy muhit о'rtasidagi bog'liqlik oila faoliyati orqali amalga oshiriladi, individning biologik holatdan ijtimoiy holatga о'tishi ta'minlanadi. Individ aynan oilada shaxs sifatida shakllanadi. Oila insonning jismoniy va ma'naviy hayotining uslubi sifatida jamiyatni rivojlantirishning tabiiy va ijtimoiy asoslari о'rtasidagi vosita vazifasini о'taydi. Oilani о'rganish uni jamiyatning yangi avlodlarni dunyoga keltirish, ta'minlash va ularning jamiyatda о'z о'rnini egallashi bо'yicha о'ziga xos vazifani bajaradigan kichik tizimi sifatida tushunmaslik kerak. Oila ijtimoiy institut sifatida jamiyatning yuqoridagi vazifalarni bajaradigan bо'g'ini emas. Oilaviy hayot ijtimoiy voqelik, ijtimoiy tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayonida ishtirok etadigan turfa ijtimoiy kuchlar tо'qnash keladigan muhit bilan chambarchas bog'liq. Shu nuqtai nazardan oilani о'rganish - bu hayotning uzluksiz о'zgarishida avlodlar almashinuvi bо'yicha ijtimoiy tizim faoliyatini tashkil etishga e'tibor qaratish demakdir. Oila ijtimoiy tashkilot, tuzilma, institut va kichik guruh xususiyatlarini о'zida mujassamlashtirgan. Oila ijtimoiy institut sifatida jamiyat shakllangan paytdan boshlab paydo bо'lgan. Oilaning tashkil topishi va mavjud bо'lishi qator meyoriy qadriyatlar bilan bog'liq. Masalan, kо'ngilni olish, о'z juftini tanlash, jinsiy odob-axloq standartlari, er, xotin, ota-ona rioya qiladigan meyorlar shular jumlasidan. Bu boradagi qat'iy belgilangan omillar esa ushbu jamiyatda qabul qilingan erkaklar va ayollar о'rtasidagi munosabatlarning о'zgarib turadigan shakllarini ifoda etadi. Ular bu orqali о'zlarining jinsiy hayotini tartibga soladi, er-xotinlik, ota-onalar va boshqa qarindoshlik huquq hamda majburiyatlarni belgilaydi. Oila - bu ijtimoiy birlik turi, er-xotinlikka va qarindoshlik rishtalariga, ya'ni birga yashaydigan va umumiy xо'jalikni yuritadigan er-xotin, ota-ona, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar о'rtasidagi kо'p tomonlama munosabatlarga asoslangan shaxsiy hayotni tashkil etishning muhim shaklidir. Psixologik muhit - bu psixologik holatlar, kayfiyatlar, guruh va jamoadagi odamlar о'rtasidagi munosabatdir. Oiladagi psixologik muhitga er-xotinlarning atrofdagi odamlar, oila a'zolari va umuman, bir-biriga bо'lgan munosabati ham ta'sir kо'rsatadi. Oilaning tinchligi, farovonligi uning a'zolarining bir-biriga xayrixohligi, mas'uliyatni о'z zimmasiga olishga intilishi, о'ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bо'lish kabi fazilatlar bilan aniqlanadi. Baxtli oilaning psixologik muhiti er-xotinlar manfaatlarining mushtarakligi bilan ifodalanadi. Psixologik muhit kо'proq odamlarning bir-biriga mos kelishi yoki kelmasligida yorqin namoyon bо'ladi. Odatda bu borada qadriyatlar, manfaatlar, his-tuyg'ular, umumiy turmush tarzining о'ziga xos uyg'unligi tushuniladi. Agarda oilada bu kabi uyg'unlik mavjud bо'lsa, inson qanday bо'lsa, shundayligicha qabul qilinadi. Oilada juftlikning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.06 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.06 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:55 ]
Arxiv ichida: doc