Psixologik bilimlarning ruh haqidagi ta'limot asosida rivojlanishi Reja: Psixologiya haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanashi. Psixologiya tarixi metodi. Psixologiya tarixining manbalari. XU asrda yashab o'tgan italiyalik filosof Lorenso Valla shunday degan ekan. «Tarix shunchalik foydaliki. U donishmandlik bilan to'lib-toshgandir». Psixologiya tarixi fanining predmeti: Psixologiya tarixi psixologiya g'oyalarining yo'li va taraqqiyotini o'zida mustahkamlaydi. Psixologiya tarixini o'rganmay turib psixologiyada oqim va yo'nalishlarning fanga kiritgan yangiliklarini, xato va kamchiliklarini bila olmaymiz. Psixologiya tarixi fanining vazifasi esa psixika haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishi va paydo bo'lishini tahlil qilishdir. Psixologiya haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanishining umumiy va asosiy qonuniyati g'oyalar kurashida ifodalanadi, birinchi galda (materilistik) psixikani materialistik va idealistik tushunishda ifodalanadi. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm bilan materializm o'rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini tushunishga hamda insondagi psixik va fiziologik hodisalarning o'zaro munosabatlarini tushunishda ifodalangan. SHu bilan bir qatorda har ikki yo'nalish ham psixikani tushunishga o'z hissalarini qo'shganlar. Psixologiya fanining asosiy rivojlanish qonuniyatlardan biri bu bitta asosiy nazariyani ishlab chiqishga bo'lgan intilishdir. Psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo'nalishlar bo'lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, yana hayvon va insonlarga xos bo'lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qo'llavoradi. Tarixiy jihatdan psixolo giyani o'rganish predmeti emas, balki shu predmetni tushunish psixik hayot mohiyatini tushunish o'zgarib keldi. Psixologiya tarixi metodlari. Tarixiy tadqiqot metodining asosiy vazifasi. Tushuncha, qonun, nazariya faktlarini o'zida mujassamlashtirgan, o'rganilayotgan materiyaning tarixini izlash, ularni sistemaga solish. Bu komponentlar birgalikda tarixiy psixologik tadqiqotlarning imperikasini tashkil qiladi. Tarixchining ishi tadqiqot predmetiga tajriba va nazariy yo'l bilan yondoshishni talab qiladi. Hozirgi zamon bilan bog'liqlik professional tarixchi uchun asosiy uchun talablardan biri. A) psixologiya tarixining asosiy metodlaridan yana biri nazariy rekonstruktsiya, tarixiy -ilmiy sistemaning tanqidiy tahlili va talqini. B) tarixiy tadqiqotning yo'nalishlaridan biri-ilmiy maktablardir. Ilmiy maktablarni o'rganish fanning rivojlanish mexnazmini o'rganishda asosiy rol' o'ynaydi. V) arxiv materialini o'rganish alohida talab qo'yadi. Bular qidirish, kompentariyalar Psixologiya tarixida interv'yu metodini qo'llaniladi: Tadqiqotning asosiy maqsadi bilan bog'liq bo'lgan materiallarni to'plash maqsadida, oldindan tayyorlangan savollar yuzasida bo'ladigan suhbatni o'zia ifodalaydi. Biografiya va antobiografiya metodi olamning ruhiy dunyosining rivojlanishi, ilmiy faoliyatining bosqichlarini o'rganishda asosiy rol' o'ynaydi. Bu metod fanni ommalashtirishda asosiy o'rin tutadi. Ilm odamlarning hayoti ilmiy, ijodi haqida zarur ma'lumotlarni beradi. Bu borada chet el psixologiyasida «Psixologiya tarixi avtobiografiyalari» da kitobi ( K.Mergison tahriri ostida) va Sovet psixologiyasida A.R.Zurinning «Bosib o'tilgan yo'l bosqichlari ilmiy avtobiografiya» kitoblari qiziqarli ishlardan hisoblanadi. Bular psixologiya tarixining manbalari. Psixologik bilimlar bilan bog'liq tarixiy jarayonni o'zida aks ettiruvchi materiallar va birinchi galda psixologik muammolaarni tadqiq qilgan filosof psixologlarining mehnatiga doir materiallardir. Psixologik bilimlarning asosiy manbai bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc