Psixologik korreksiya. Psixologik tuzatish va rivojlantirish ishlarini tashkil etish

Psixologik korreksiya. Psixologik tuzatish va rivojlantirish ishlarini tashkil etish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik korreksiya. Psixologik tuzatish va rivojlantirish ishlarini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Psixologik korreksiya. Psixologik tuzatish va rivojlantirish ishlarini tashkil etish Reja: 1. Psixologik tuzatish va rivojlantirish ishlarining vazifalari. 2. Tuzatish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qo'yiladigan talablar. 3. Psixolog va pedagogning birgalikda ish olib borishi va uning vazifalari. Tayanch tushunchalar: Shaxs va individning tarkib topishi, ongiga faol ta'sir ko'rsatish, psixikaning rivojlanishi, o'sishda kechiqish, orqada qolish, xulkning buzilishi, ta'limda uzlashtirishning yomonlashuvi. Uzluksiz ta'lim tizimining o'ziga xos ijtimoiy, pedagogik masalalari mavjud. Bunda ta'lim-tarbiyaning yangicha tamoyillarini joriy qilish, yangi turdagi o'quv muassasalarida ta'lim-tarbiyajarayoni shakllarini tashkil etishni belgilash, yangi pedagogik texnologiya namunalarini izlash va ishlab chiqish, ta'limning samarali tashkiliy, uslubiy-didaktik texnologiyalarini qo'llash hamda shaxs rivojlanishining bosqichli tizimini ishlab chiqish va boshqa vazifalarni etiborda tutmok lozim. Uzluksiz ta'limning poydevori- bu, maktab yoshgacha bo'lgan bog'cha ta'limidir. bog'cha va maktablarda bola ongida ilk qadriyatlar singdiriladi. Shuning natijasi sifatida, ularda motivli faoliyatlar yuzaga keladi, bilim ma'naviy qadriyatlarga muhabbat tuyg'usi uygonadi. Albatta, ta'lim jarayonida xar bir holatga alohida yondashuv zarur. Chunonchi, ogir nutqiy nuqsonli bolalar alohida xususiyatlarga ega buladilar. Shu sababli ularda, umumta'limiy tayyorgarlikdan tashqari, korreksion (tuzatish) yo'nalishdagi ta'limga ehtiyoj bor. hozirgi vaqtda bog'cha maktab va boshqa ta'lim muassasalarida rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar aniklanadi. Maktabgacha va boshlang'ich maktab tizimi shu muammolarni bartaraf qilishga xam masul bo'lib hisoblanadi. Rivojlanishida bazi yengil (nutqiy, eshituv va boshqa) nuqsoni bo'lgan bolalar bog'cha va umumta'lim maktab muassasalarida tarbiyalanadilar. Ogir nuqsonlari bo'lgan bolalar esa maxsus turdagi bolalar bog'chasi yoki maktabiga kabul kilinadi, bu muassasalar zarur davolash-sog'lomlashtirish va korreksion, psixologik-pedagogik yordamni bera olish imkoniyatiga ega. Bizda mavjud maxsus bolalar bog'cha-maktablari oldida turgan muammolardan biri maktab, oila, jamoat tashkilotlari, mahallada shaxsni tarbiyalash va shakllantirishning korreksion-pedagogik-psixologik reabilitatsiya tizimi etarli darajada ishlab chikilmagan. ma'naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy tarbiya masalalarining talab darajasiga kutarilmaganligi, ota-onalar, o'qituvchilarning zarur malakaga ega emasligi, shuningdek, xalq pedagogikasi boy merosidagi bilimlardan tula xabardor bo'lmaganligidadir. Shu jumladan, turli yoshdagi, ayniqsa, rivojlanishida nuqsonli bolalarni tarbiyalash va o'qitish bolalarni tarbiyalash va o'qitish sifatini ta'minlash uchun, maxsus nutqni rivojlantiruvchi bola bog'cha-maktabini tashkil etish joizdir. Ayni markaz-asosiy vazifasi takozosiga ko'ra, korreksion- rivojlantiruvchi o'qitish dasturi bo'yicha bolalarni tarbiyalash, davolash va kasallikning oldini olish tadbirlarini olib boradi, rivojlanishida muammosi bo'lgan bolaning maktabgacha va boshlang'ich ta'lim mazmunini uzlashtirishga yordamlashadi. Shuningdek, markazda bolalar maslahat-tashxis va tibbiy psixologik, tibbiy-pedagogik jihatdan maxsus bog'cha va maktablarga tanlab olinadi, salomatligi chuqur urganilib, (mutaxassislarning maslahati va tashxis) ularga psixologik, tibbiy-pedagogik reabilatatsiya va boshqa amaliy yordam kursatiladi Fikrlarni erkin nutqiy bayon qilishning rivojlanishi 3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Shuningdek, ularni atrof-olam bilan tanishtirish, tasavvurlarini bog'cha yoki maktab o'quv-tayanch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.62 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.62 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga