Psixologik ma'rifiy va psixologik profilaktika

Psixologik ma'rifiy va psixologik profilaktika

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik ma'rifiy va psixologik profilaktika - rasmi

Material tavsifi

Psixologik ma'rifiy va psixologik profilaktika Reja: Psixologik okartuv, ma'rifiy ishlar va psixoprofilaktikning ta'rifi. Psixologik bilimlarni targ'ib qilish bo'yicha olib boriladigan ishlarga qo'yiladigan talablar. xalq ta'limi tizimi o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar bilan psixologik okartuv, ma'rifiy ishlarni olib borishning shakl va metodlari. Omma o'rtasida targ'ibot ishlarini olib borish psixologiyasi. Tayanch iboralar: Psixoprofilaktika, psixologik maorif, ma'rifat, psixologik madaniy saviya, psixologik muammo, psixologik seminar, psixoturkum ma'ruza, psixologik ko'rsatma. ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari kuyidagicha: Psixologik ma'rifat va tashvikot. Psixologik profilaktika. Psixologik diagnostika. Psixologik korreksiya va rivojlantirish. Psixologik muslaxatlar. Kasb-hunarga yo'naltirish. Psixologik ma'rifat va tashvikot- maktabning pedagogik jamoasini, o'quvchilarni va ota-onalarni psixolgik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg'ulotlar, o'quvchilar uchun ma'ruzalar uyushtirish. Psixologik profilaktika - pedagog va ota-onalarda bolalarning xar biri yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish bilan bola shaxsi va aqliy taraqqiyotida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xar qanday salbiy ogishlarning o'z vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlar. Psixologik diagnostika- bolalarni maktabgacha ta'lim va maktab yoshi davomida psixologik jihatdan uzluksiz xar tomonlama o'rganish, ularning individual-psixologik xususiyatlarini aniklab berishga qaratilgan psixologik tadbirlar. Psixologik korreksiya- shaxs shakllanishi va psixik rivojlanishida sodir buladigan salbiy burilish va nuqsonlarni, ruhiy ogish va kechiqishlarni bartaraf etish, shaxs va jamoaga faol ijobiy ruhiy ta'sir o'tkazish, ijtimoiy-psixologik muhitni sog'lomlashtirish, shaxslararo munosabatlardagi ziddiyat va nizolarni yumshatish, xar bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini imkon qadar kuchlirok namoyon eta olishga shart-sharoit yaratadi. Psixologik maslahatlar- o'qituvchilar, ota-onalar va o'quvchilarga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarni xal etishga yordam berish, ularni o'z psixologik salomatligini muhofaza qilishga o'rgatish psixologik maslahat individual, guruhiy tarzda o'tkaziladi, profilaktik va korreksion xarakterga ega bo'ladi. Kasb-hunarga yo'naltirish - o'quvchilarni layokati, kizikishi va qobiliyatlariga mos kasb-hunarning ongli tanlashga tayyorlash. Mazkur yo'nalishlarning uzviy va uzluksiz bog'liqligi psixologik xizmat mazmunining yaxlitligini ta'minlaydi. ta'lim muassasalarida psixologik xizmat O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi tomonidan quyidagi tartibda tashkil etiladi: yuqori daraja- psixologik xizmatning tarkibiy mazmunini aniqlash, tegishli me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, barcha buginlarda psixologlar faoliyatini muvofiklashtirish va ilmiy-uslubiy ta'minlash ishlari Respublika xalq ta'limi vazirligi tomonidan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi koshida tashkil etilgan «Psixologik xizmatni muvofiklashtirish Kengashi» tomonidan amalga oshiriladi. o'rta daraja- psixologik xizmatga oid me'yoriy hujjatlarni, kengash tomonidan tavsiya etilgan psixologik texnologiyalarni amaliy tadbigini tashkil etish Korakolpogiston Respublikasi viloyat, tuman, shahar xalq ta'limi boshqaruv organlari xuzuridagi tashxis Markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy ommaviy darajada- psixologik xizmatning kundalik vazifalarini mazkur Nizomga asosan bevosita bajarish maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o'rta ta'lim maktablari va muxsus ta'lim muassasalarining amaliy psixologlari tomonidan amalga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga