Psixologik masalahatlar o'tkazish Psixologik maslahatlar paytida nima uchun test sinovlari o'tkazish kerak? Ushbu bobning birinchi ikki bo'limlari mohiyati bo'yicha bir xil savolga javob berishni o'z ichiga oladi: psixologik maslahat o'tkazish paytida mijozni o'rganish uchun qachon nima uchun psixodiagnostika metodlarini xususan test sinovlarini qo'llash zarur bo'ladi? Birinchi bo'limda bu savolga umumiy javob beriladi, ikkinchi va keyingi bo'limlarda uni chuqurroq o'rganiladi va aniqlashtiriladi. Shunday qilib, psixologik maslahatlar amaliyotida nima uchun test sinovlari o'tkazish zarur? Bu savolga umumiy javob quyidagicha ifodalanadi. Mijozda yuzaga keladigan va psixologik maslahat o'tkazishni talab etuvchi psixologik xususiyatdagi har qanday muammo deyarii har doim hayotda ma'lum, faqat individual namoyon bo'ladi. Misol uchun, kuchli shaxsiy havotirlanish, o'ziga yetarlicha ishonchli bo'lmaslik mijozlarda keng tarqalgan. Biroq turli odamlar turlicha havotirlanish namoyon etadilar va hayotda o'zlarini turlicha ishonchsiz his etadilar. Yana bir o'xshash misol: deyarii barcha odamlarda qobiliyatlari rivojlanishida va xarakteri xislatlarida ma'lum kamchiliklar mavjud bo'ladi, lekin har bir odam uchun ular yana faqat individual xususiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun masalan, ikkita turli xarakterli mijozlar intellektual rivojlanishida kamchiliklar bilan psixologik maslahatga murojaat etsalar, bu umuman ulaming muammolari bir xil va ularni o'xshash usul bilan hal etish kerakligini anglatmaydi. Odamning xarakteridagi kamchiliklar bo'yicha masala yanada murakkabroq: ular ko'pchilik hollarda har bir odamning o'ziga xos individual hayotiy tajribasi sababli psixologik maslahatda turlicha hal etilishi zarur. Mijoz shaxsini maxsus psixodiagnostikasini o'tkazmay turib, psixologik maslahat vazifasini muvaffaqiyatli hal etish shunday hollarda deyarii mumkin emas. Biroq mijozning muammosi aniqlanganida ham psixodiagnostika o'tkazishga ehtiyoj to'laligicha zarurligini yo'qotmaydi. Maslahatchi-psixolog mijozni qanchaiik puxta o'rganmasin, uning muammosi diagnozini qo'yishda baribir u haqida va uning muammosi to'g'risida hammasini bilib ololmaydi. Bundar» tashqari psixolog-maslahatchining maslahatlarini amaliy hal etayotganida mijoz hayotda qanday ekanligi (ba'zida esa ular kutilmagan bo'ladi) muammolarga duch keiishi mumkinligini aniq bilish artcha qiyin bo'ladi. Shuning uchun ko'pincha mijoz psixolog-maslahatchidan olgan tavsiyalarini amaliy bajarishga kirishganida ham mijozni shaxs sifatida va maslahatlardan keyingi davrdagi boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarini psixodiagnostik o'rganishni davom ettirish talab etiladi. Mijoz professional psixolog emas, shuning uchun psixolog-maslahatchi befgan maslahatlarini bajarishda uning psixologiyasida va xulqida aslida sodir bo'layotgan ijobiy o'zgarishlarni to'g'ri baholay olmaydi. Umuman maslahatchining o'zi ham doimo natijalar to'g'risida aniq fikryurita olmaydi. Bu birinchidan, maslahatlar tugagandan keyin mijoz psixolog-maslahatchi bilan deyarii kam uchrashishi sababli sodir bo'ladi. Ikkinchidan, sodir bo'layotgan o'zgarishlar asta-sekinlik bilan sezilmay va anglab yetilmagan bo'ladi. Ushbu holatda mijoz bilan aslida nimalar sodir bo'layotganligini aniq bilish uchun uni bir necha bor, kamida ikki marta test sinovidan o'tkazish kerak: tavsiyalami bajarib bo'lgandan keyin ham tavsiyalar olish uchun ba'zida maslahat ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.31 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.31 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc