Psixologik masalahatlar texnikasi Reja: Psixologik maslahatlar texnikasi to'g'risida tushuncha va boshlang'ich mulohazalar Psixologik maslahatda mijozni kutib olish Mijoz bilan suhbat boshlash Mijozning dardini tushuntirishda qo'llaniladigan texnika Mijozga maslahatlar va tavsiyalar berishda maslahatchining harakatlari Psixologik maslahatlar texnikasi to'g'risida tushuncha va boshlang'ich mulohazalar Psixologik maslahatlar texnikasi deganda, psixolog-maslahatchi maslahatning u yoki bu amallari doirasida harakat qilib, psixologik maslahat harbir bosqichlarida mana shu amallami bajarish uchun foydalanadigan maxsus uslublari tushuniladi. Awalgi bobda o'rganib chiqqanligimiz sababli bevosita ular bilan bog'Iiq bo'lgan psixologik maslahatlar texnikasini to'la ta'riflashga kirishamiz. Bu texnika psixologik maslahatlar barcha bosqichlarida bir xilda muvaffaqiyat bilan qo'llaniladigan universal, psixologik maslahatning u yoki bu, xususan bir bosqichi uchun mos keladigan o'ziga xos texnikasi bo'lishi mumkin. Psixologik maslahat texnikasini biz universal xususiyatli maslahatlar uslublariga alohida ajratmay, maslahatlar turli amallari bilan bog'liqlikda bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz. Psixologik maslahatda mijozni kutib olish. Mijozni kutib olish umumiy amali doirasida (psixologik maslahatning birinchi bosqichi) psixolog-maslahatchiga quyidagi texnik uslub tavsiya etiladi: mijozni kutib olishda u bilan yuzma-yuz duch keladigan vaziyatni egallab, uni o'z o'rniga kuzatib qo'yiladi. Bu yerda o'zini boshqacha tutish kerak bo'ladigan qator alohida holatlar uchrab turishi mumkin. Mana shu vaziyatlarni ko'rib chiqamiz. Agarda mijoz psixologik maslahat xonasiga kirib kelganida, u yerda hech kimni uchratmasa dovdirab qolishi mumkin. Mana shu holat maslahatlar paytidagi keyingi xulqiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Agarda mijoz xonaga kirganida unga hech qanday e'tibor bermaydigan insonlarni ko'rsa, nafaqat dovdirab, balki xafa ham bo'lishi mumkin. Ayniqsa, keyinchalik mana shu insonlar orasida psixolog-maslahatchi va uning yordamchisi bo'lganligi ma'lum bo'lib chiqsa, mijozning o'z o'rniga borib o'tirishi yo'lida kutilmagan to'siqlar yuzaga kelganda ham uning psixologik kayfiyatini yomon tomonga o'zgartirishi mumkin. Mijozning o'zi maslahat o'tkazish joyiga kelib o'tirishi ham mumkin. Lekin bunday hollarda maslahatda o'z joyini izlashda, mijozda hech qanday muammolar yuzaga kelmasligi kafolatlanishi kerak. Agarda mijoz maslahat o'tkaziladigan xonaga kirib bo'lgan bo'lsa, insonlar, ayniqsa, psixolog-maslahatchi yoki uning yordamchisi o'tirib kutib olsalar, mijoz bu holni e'tiborsizlik yoki hurmatsizlik kabi qabul qilishi mumkin. Bunday mijoz bilan yaxshi psixologik aloqa o'rnatish qiyin bo'ladi. Bu tavsiyalar faqatgina psixolog-maslahatchi va uning yordamchisiga emas, balki shu vaqtda psixologik maslahatchi xonasida bo'lishi mumkin bo'lgan insonlarga ham taalluqli. Masalan, agarda mijoz kirib kelganida psixolog-maslahatchi va uning yordamchisi o'rnidan turib, boshqalar o'rnilaridan turmasalar, bu hoi ham mijozda yaxshi kayfiyat uyg'otmaydi. Gap shundaki, boshqa holatlarda odob-axloq qoidalari bo'yicha katta yoshdagi insonlar yoki yuqori mansab vakillari o'tirishiari mumkin. Bularning ikkalasi ham psixologik maslahat o'tkazish uchun yaxshi emas, chunki mavjud qoidalar bo'yicha psixologik maslahatda mijoz uchun eng obro'li odam psixolog-maslahatchi bo'lishi kerak. Psixolog-maslahatchi yoki ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.58 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.58 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc