Psixologik maslahat fanining predmeti. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi

Psixologik maslahat fanining predmeti. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik maslahat fanining predmeti. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Psixologik maslahat haqida tushuncha 2. Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi. 3. Psixologik maslahat fanining predmeti. 4. Psixologik maslahatning vazifalari. 5. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi Tayanch iboralar: Psixologik maslahat, tarbiyasi qiyin bola, psixologik maslahat, psixokorrekstiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixologik trening. Mustaqil davlatimizning tez suratda ijtimoiy rivojlanib borishini, unda yashayotgan fuqarolarning ijodiy va ma'naviy o'sishlarisiz amalga oshirib bo'lmaydi. insonlardagi ijobiy shaxsiy sifatlarning rivojlanishi va shakllanishi asosan ularning maktab davrlariga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham ta'lim - tarbiya muassasalarining oldiga shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, uning individual xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilish jarayonlarini inobatga olgan holda ularning ilk va oddiy aks ettirishdan boshlangan onglarini yetuk insonlarga xos darajada rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishdek mas'uliyatli vazifa turadi. Hozirgi kunda yuqoridari masalalarni yechishda maktablar sezilar li qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning sabablaridan biri ta'lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda, bolaning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishidagi psixologik qonuniyatlar va bilimlarga tayanmaslikdir. Keyingi vaqtlarda tarbiyasi «qiyin» pedagogik qarovsiz, o'z xoliga tashlab qo'yilgan o'smirlar haqida, o'qituvchi va o'quvchi orasidagi salbiy munosabatlardan kelib chiqadigan katta muammolar haqida ko'p munozaralar olib borilmoqda. Maktablar -hozircha hap bir o'quvchining psixologik xususiyatlari hamda ularning psixik rivojlanish darajalari haqida haqqoniy ma'lumot beradigan maxsus muassasalar bilan ta'minlanmaganlar. Ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan turli xildagi qiyinchiliklarning yuzaga kelish sababini o'z vaqtida aniqlashda, muammoning asl mohiyati nimada ekanini tyshyniushda maktab o'qituvchisi ma'lum darajada turli qiyinchiliklarga duch keladi. Tarbiyasi qiyin, ham oilaviy ham- pedagogik qarovsiz o'z holira tashlab qo'yilgan, o'qishra qiziqishi nasayib borayottan o'smirlarni hozirgi kunda har bir maktabda uchratish mumkin. Ular bilan ishlash esa yana maktab o'qituvchisining zimmasiga tushadi va o'sha katta mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi. Endilikda maktablarda ta'lim - tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yishda, o'qituvchi va o'quvchi oracidari munosabatlarni ijobiy izga solishda, o'smir va o'spirinlik davrini boshidan kechirayotgan o'qituvchiga ma'naviy va ruhiy ko'mak berishda, ota - onalar orasida psixologik bilimlarni targ'ib etishda, ta'lim muassasalariga amaliy psixolog maslahati kirib keldi. Psixologik maslahat o'zining uzoq yillik tarixiga ega ekaniga qaramay, maktab, listey va kollej amaliyotchi psixologlarining maslahati nisbatan yosh, ammo juda tez rivojlanib kelayotgan yo'nalishdir. Shunga ko'ra, Rsspublikamizning bir qatop viloyatlari shahar va tumanlarida maktab amaliy psixologlari o'z maslahatlarini boshladilar. Psixolog vazifasida maslahat qilayotranlarning-aksariyati mutaxassis psixologlarning yetishmasligi tufayli ushbu sohada-qiziqishlari bor bo'lgan pedagog o'qituvchilardir Shuning uchun xam barcha maktab psixologlari o'z ish faoliyatlarini amalga oshirishlarida zarur bo'ladigan amaliy qo'llanmalar metodik tavsiyanomalar, maqsad, vazifalar, burchlari yoritilgan hamda faoliyatlarning yo'nalishlari ko'rsatilgan hujjatlarga muhtojligi sababli imkon darajada uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Bunday holat maktabda psixologik maslahatni tashkil etish va amaliyotchi psixolog faoliyatini to'g'ri belgilash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.57 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.57 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga