Reja: 1.Psixologik maslahat bo'g'inlari. 2. Psixologik maslahat maqsadi, mazmuni, obyekti. 3. Nizomning asosiy bo'limlari Tayanch tushunchalar: Nizom haqida tushuncha, asosiy bo'g'inlari. Maqsadi, obyekti. Kollejlardagi va akademik listeylardagi psixologik maslahat o'rta maxsus ta'limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu maslahatning zaruriyligi kollej va akademik listey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o'quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta'minlaganligini psixologik maslahat to'g'ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o'zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv - tarbiya jarayonini tashkil etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrekstiya qilish yo'llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik maslahat maktabda o'quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik maslahat uch asosiy bo'g'indan tuzilgan: 1) Aniq o'quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi 2) Tuman xalq ta'limi qoshidagi tashxis markazi. 3) Respublika kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi. Psixologik maslahat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o'z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik maslahat o'z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa maslahat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko'rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o'zaro to'ldirishi asosida quriladi. O'rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik maslahatning maqsadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to'laqonli psixologik taraqqiyotni ta'minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik maslahatda tadqiqot va ta'sir o'tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o'quvchilar, maxsus o'quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o'quvchilar, ota-onalar bo'lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Psixologik maslahatning mazmuni: a) psixoprofilaktika, b) psixologik maorif va ma'rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorrekstiya, d) psixologik konsultastiya. Psixologik maslahat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta'limi Vaziri J.G'. Yo'ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o'zgartirish kiritildi. Psixologik maslahat metodlari turli tuman bo'lishi mumkin: a) xalq ta'limi va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi xodimlari, o'quvchilar, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi va trenning mashg'ulotlari o'tkazish va aholining psixologik madaniyatini o'stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, g) psixodiagnostik tadqiqotlar o'tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar), d) psixologik maslahat berish, e) pcixologik konsiliumlar o'tkazish, j) ta'lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorrekstion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.99 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.99 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc