Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish Reja: Psixologik maslahat ishini tashkil etishi. Psixolog-maslahatchining shaxsiy ishini tashkil etish Psixolog-maslahatchining boshqa mutaxassis maslahatchilar bilan o'zaro aloqasi Psixologik maslahat ishini tashkil etishi. Psixologik maslahat ishlarini tashkil qilish zaruriyati quyidagi sharoitlarda yuzaga keladi. Birinchidan, u yoki bu tashkilotda ishlovchi ko'pchilik odamlarda psixologik xususiyatdagi turli muammolar bo'ladi. Bu muammolarni ular mustaqil hal eta olmaydilar. Gap, o'zini bemor deb hisoblamaydigan va shifokorga yordam so'rab murojaat qilishni xohlamaydigan lekin psixolog maslahatiga quloq tutadigan va uning tavsiyalariga amal qiladigan odamlar haqida bormoqda. Jamiyatda yashovchi ko'pchilik odamlarda hayot sharoitlari ancha va uzoq vaqtga yomonlashganda, raqobatchilik keskin ko'payganda va hayot keskinligi o'sganda odatda bunday muammolar ommaviy paydo bo'ladi. Bularning barchasi erkinlik cheklangan va jamiyatni yuqoridan boshqarish bilan totalitar jamiyatdan bozor iqtisodiyotiga va siyosiy erkinlikka asoslangan jamiyatga o'tishda mavjud bo'ladi. Ikkinchidan, alohida psixologik maslahatni yaratish ehtiyoji u yoki bu ijtimoiy birlikda (jamiyat, tashkilot) o'zining psixologik maslahati mavjud bo'lib, uning ishi samarasini oshirish zarur bo'lgan sharoitlar yuzaga keladi. Bunga odatda mutaxassislar faoliyatining yagona tashkilot doirasida tashkil etish va vazifalarini taqsimlash hisobiga erishiladi. Vazifalarni taqsimlash o'z navbatida ishida chuqur ixtisoslashishni ko'zda tutadi, buning hisobiga yuksak kasb mahorati va ish sifatini oshirishga erishiladi. Amaliy psixologiyada bu psixolog-mutaxassislar orasida kamida uch faoliyat sohasi: psixodiagnostika, psixokorreksiya va psixologik maslahat bo'yicha kasbiy vazifalarining taqsimlanishini ko'zda tutadi. Ixtisoslashtirishni yanada chuqurlashtirish ko'rsatib o'tilgan alohida faoliyat sohalari har biri ichida yanada tor vazifalarning ajralishini ko'zda tutadi. Shu mazmunda intim-shaxsiy, oilaviy, psixologik-pedagogik va amaliy maslahat sohalarida alohida amaliy psixologlar doirasida ixtisoslashish juda to'g'ri bo'ladi. Psixologik maslahat ishlarini tashkil etish masalalariga uni doimiy o'tkazadigan xonani tanlash ham kiradi. Agarda psixologik maslahat boshqa xonalardan alohida, boshqa ishlar bilan shug'ullanadigan odamlardan uzoqda bo'lsa yaxshi va qulay bo'ladi. Biroq hozirgi sharoitlarda bunga erishish deyarli mumkin emas. Shunda boshqacha tamoyillarga amal qilish kerak bo'ladi. Birinchi navbatda psixologik maslahat o'tkazish mumkin bo'lmagan joyda uni tashkil etishga iloji boricha yo'l qo'ymaslik. Masalan, psixologik maslahat ishlarini bir sharoitda olib borish va psixolog-maslahatchining mijoz bilan tinch ishlashiga halal beruvchi sharoitlar mavjud korxonalar yaqinida yoki ichida psixologik maslahatni o'tkazish mumkin emas. Psixologik maslahatlarni savdo korxonalari yaqinida va ichida, transport yo'llari yaqinida umuman, shovqin borjoylarda o'tkazish umuman mumkin emas. Psixologik maslahatlar uchun kasalxonalar va klinikalar yaqinida, ularning binolarida esa umuman joylashtirib bo'lmaydi, bunday qo'shni bo'lish mijozning xayolida u kasal odam degan fikr paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Psixologik maslahatni militsiya bo'limlari, qonunbuzarlarni hibsda ushlash joylari, harbiy va boshqa shunga o'xshash idoralar yaqinida o'tkazish mumkin emas. Shahardan uzoqda psixologik maslahatxonasini joylashtirish mumkin emas, chunki bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.54 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.54 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc