Reja: 1. Psixologik maslahat berishning vujudga kelish tarixi 2. Psixologning maslahat psixoprofilaktikaning asosi ekanligi 3. Psixologning maslahat berish ishlarini olib borishi 5. Psixologik maslahat ishlari Tayanch iboralar: Psixologik maslahat, psixoprofilaktika, psixoterapiya. Psixologik yordam berishning rivojlanish tarixi o'tgan asrlarga borib taqaladi. Hatto o'z tarkibiga, mingga yaqin dorivor o'simliklar va moddalar haqidagi ma'lumotlarnio'z ichiga olgan Ebers ( miloddan avvalgi XVI asr) tibbiyot qo'llanmasida ba'zi dorilardan foydalanishda zarur bo'lgan duolar keltirib o'tiladi. Antik davr qirollari, « maslahat»chilar maslahatidan foydalanishgan, ular esa antik davr kitoblaridan maslahat berishda foydalanishgan. XVII asr oxirlarida fan davolashning psixik usullaridan foydalanishni ilmiy ravishda tushuntirib berishga harakat qilgan. Bu yo'lda yanada variantlar ishlab chiqilgan. Venalik shifokor Mesmer «Magnitik flyuid»idan boshlab, e'tiborga olganda XIX asrda quyidagi ketma - ketlik kuzatiladi. Jeyms Breyd (XIX asr) gipnoz, XX asrda Z. Freyd (psixoanaliz), Karl Rodjers mijozni markazlashtirish terapiyasini ishlab chiqdi. Frederik Perlz ( geshtalt - terapiya), Milton Erikson (noan'anaviy gipnoz va terapiya), Virdjeniya Satir (oilaviy terapiya) va boshqalar. Psixoterapiya dastlab tibbiyot xodimlari faoliyatiga kiritilgan bo'lsa, XX asr boshlariga kelib, bu faoliyatga asta -sekin ijtimoiy sohada ishlovchilar ham qo'shila boshladilar. 1950 yillarga kelib, AQSHda psixologik maslahat alohida tashkiliy sohaga aylandi. Maslahat psixologiya psixologik yordam ko'rsatish jarayonining alohida tizimli yo'nalishga ega bo'lgan bo'limi hisoblanadi. Konsultativ psixologiya tushunchasi, shuni ifodalaydiki, maxsus tashkil qilingan muloqot jarayonida qo'shimcha psixologik kuch va imkoniyatlar yuzaga keladi, bu esa qiyin vaziyatdan chiqishning yangi imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Psixoterapiyadan maslahat berishda kishini kasal sifatida qabul qiladigan bo'lsa, psixologik maslahat esa murojaat etuvchiga shaxs sifatida qaraydi. G. Ebbingauz fikriga ko'ra , «Maslahat berish uzoq o'tmishga ega, biroq maslahat psixologiya qisqa tarixga ega» - Maslahat psixologiyada alohida soha sifatida 1951 yildan boshlab, ya'ni AQSHda Shimoliy - g'arbiy konferenstiyada « Maslahat psixologiya» atamasini tavsiya qilgandan keyin, 1952 yilda maslahatchi psixolog degan yo'nalish ta'sis etilgandan so'ng va Amerika Psixologik Assostiastiyasi tomonidan psixolog bo'lmagan shaxslar foydalanayotgan «Maslahat berish va boshqaruv» mutaxassisligi atamasining «Konsultativ psixologiya» nomiga o'zgartirilganini ko'rsatib o'tish mumkin. Bu kabi o'zgartirishning ikkinchi sababi maslahat maydonini, psixoterapiya va psixopatologiyalarni davolashga qaratilgan qaratilgan klinik psixologiyadan ajratib olish edi. Uaytli konsultativ psixologiyaning « ildizlari» deb birinchidan, turli xildagi individlarning psixologiyasini va uning psixometrik yoki psixologik o'lchovlar sifatidagi bo'limlarini, ikkinchidan amaliy psixologiyani ko'rsatadi. 1950 yilga qadar amaliy psixologiya maydoni birinchi navbatda klinik va tajribaviy psixologiya chegarasi sifatida tushunilgan. Amaliy psixologiyaning boshqa ikki bo'limi o'sha vaqtda ifodaviy psixologiya va sanoatlashgan psixologiya bo'lgan, Maslahat psixologiya rivojlanish jarayonida o'quv yurtlaridagi personal bilan ishlash va talabalarga maslahat berishga bo'lindi, sanoatlashgan psixologiyadan esa - kasbiy psixologiya ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
Arxiv ichida: doc