Psixologik maslahatni tashkil etish shart-sharoitlari

Psixologik maslahatni tashkil etish shart-sharoitlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik maslahatni tashkil etish shart-sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Boshlang'ich ta'lim tizimida psixologik maslahat muammosi. 2. Umumta'lim maktablarida psixologik maslahat tadbiq etilishining ayrim natijalari 3. Psixologik maslahatni tashkil etilish jihatlari. Boshlang'ich ta'lim tizimida psixalogik maslahat muammosi. Ma'lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi xalq ta'limi tizimining muvafaqiyati ushbu tizimda psixalogik maslahatning har tomonlama to'g'ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog'liq ekanligi ko'pgina maorif xodimlarining diqqat e'tiborini o'ziga qaratmoqda. Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi bo'lmish ta'lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko'rib bo'lmaydi. Ta'limning rivojlanishi barcha fanlar kabi pedagogika va psixalogiya fanlari oldiga ham qator vazifalarni qo'ymoqdaki, bu vazifalarni bajarish jarayoni va imkoniyatlari O'ebekiston Xalq Ta'limi Vaziri J.G.Yo'ldoshevning qator ma'ruzalarida o'z ifodasini topgan.Binobarin, ta'lim muammolari insonning bilish, shaxsning ijtimoiy jarayonlarni anglab etishi bilan chambarchas bog'liqdir.Bunday sharoitda pedagogika va psixalogiya fani shaxsning tub qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, uni yanada faollashtirish imkoniyatini beradi. Inson insoniyatning olamidir Insonning rivojlanishi uning mavjudligidirkabi tushunchalar, tafakur amaliyotining o'zaro bog'liqligi, shaxsning olg'a qarab intilishini ta'minlovchi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yo'naltiruvchi, ta'limning son va sifat ko'rsatkichlarini belgilab beruvchi Pedagogika va Pedagogik psixalogiya fanlari metodologiyasining falsafiy asosidir. Boshlang'ich ta'lim jarayoning psixalogik tahlilga bag'ishlangan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki,o'quvchilarning o'quv tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil etishda va boshqarishda bugungi kunda psixologik maslahat tizimi hal qilishi va bartaraf etishi lozim bo'lgan qator muammolar mavjud. Fikrimizning dalili sifatida qo'yidagi yo'nalishlarga alohida to'xtalmoqchimiz: 1.Bolalarni ruhiy va intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul qilish muammosi: Keyingi kuzatishlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki,olti, etti yoshga kirgan hamma bolalarni yoppasiga maktabga qabul qilish an'anaga aylanib bormoqda.Psixologlar esa hech qachon bunga yo'l qo'ymagan bo'lar edilar.Sababi:har bir bola ham aqliy,ham jismo- niy jihatdan o'ziga xos individual imkoniyatlarga ega.Ba'zi bolalar olti, etti,hatto sakkiz yoshga to'lsalarda maktab ta'limini boshqa o'z tengdoshlari qatori o'zlashtirishga hali tayyor bo'lmaydilar.Biz esa ularni maktab rejasiga qarab,ba'zan ota onasining xohishiga qarab maktabga qabul qilaveramiz,ta'limiy mashg'ulotlarni esa bolaga majbur olib boramiz.Natijada,bola psixik jihatdan turli kasalliklarga yo'liqib, keyingi o'quv faoliyati bosqichlarida muvaffaqqiyatsizliklarga uchrashi mumkin.Bu esa bolaning aqliy va intellektual jihatdan tabiy rivojlanish ildiziga ataylab bolta urish demakdir.Bunday holatlarda zudlik bilan barham berish,ya'ni har bir maktab ta'limiga ilk bor qadam qo'ygan bolani maxsus va mukammal ishlab chiqilgan psixologik testlardan o'tkazish va uning natijalari asosidagina bolani maktabga qabul qilish haqida jiddiyroq va o'ta mas'uliyat bilan o'ylashimizga to'g'ri keladi.Qolaversa,bunday testlar yordamida allaqachon rivojlangan mamlakatlar AQSH,Yaponiya,Germaniyada ba'zi bolalar 9 yoki 10 yoshdan,ba'zilari esa hatto 4 yoki 5 yoshdan ham maktabga qabul qilinadi va tegishli sharoitlar yaratilgach,ta'lim jarayonida bunday bolalarning barcha shaxsiy va ruhiy imkoniyatlaridan to'liq va unimli foydalanish uchun zamin hozirlanadi. 2. Boshlang'ich ta'limda kuni uzaytirilgan guruhlarni to'g'ri tashkil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.09 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.09 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga