Psixologik tajriba R e j a : 1. Psixologik tajriba haqida tushuncha. 2. Psixologik tajriba turlari. 3. Tajribaning tashqi sharoiti. 4. Tajribaning ichki sharoiti. 5. Apparatura. 6. Tajribani rejalashtirish. Tadqiqotchi o'zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o'rganishi oki zarur bo'lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so'z bormoqda. Tajriba metodining kuzatish metodidan farqli tomonlari nimada ko'rinadi? Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o'rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o'rganish imkoniyati bor; b) o'rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta'sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko'rish mumkin. Psixologiyada qo'llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va maxsus turlarga bo'lish mumkin. Umumiy metodlarni psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo'llaniladi. Barcha psixologik tajribalar mohiyatiga ko'ra bir xilda ahamiyatga egami? Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko'ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma'lumot to'plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin. b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta'siriga bog'liqligini aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning sifatiga bog'liqligini aniqlash va hokazo . v) ikki hodisa o'rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o'rtasidagi funktsional aloqani o'rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-funktsional tajribalar deb atash mumkin. Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o'zi ta'sir etishi kerak bo'lgan tekshiriluvchi-subyekt, qo'zg'atuvchi, tekshiriluvchining qo'zg'atuvchiga beradigan javobi bilan munosabatda bo'ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin: H.n 3.n Bunda - S - subyekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo'zg'atuvchi, bog'lanmagan o'zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo'zg'atuvchi ta'siriga javobi, bog'langan o'zgaruvchi. SHuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog'liq bo'lgan shart-sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi, qarashlari, qiziqishlari ko'nikma va malakalari bo'lishi mumkin. Tajribaning ichki va tashqi sharoiti uning borishiga qay darajada ta'sir Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar ham ishning borishiga ma'lum tarzda ta'sir etishi mumkin. SHu bilan birga tajriba davomida ta'sir etishi mumkin bo'lgan tasodifiy qo'zg'atuvchilar ta'siridan ham tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo'shimcha ovoz paydo bo'lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va boshqalar. Tadqiqotchi va yordamchilarning bo'lishi ham tekshiriluvchining ruhiyatiga ta'sir etishi mumkin. Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.6 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.6 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc