Psixologik xizmat to'g'risida nizom O'zbekistonda psixologik xizmat haqida nizom 1996-yil Xalq ta'limi Vaziri J.G'. Yo'ldashev tomonidan tasdiqlangan. Nizomga 2001-yil o'zgartirishlar kiritilgan. Nizom 6 bo'limdan iborat : Umumiy qoidalar Psixoprofiklaktik ishlar Psixodiagnostik ishlar Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar Psixologning maslahat berish ishlari Psixologik xizmat xodimlarning mas'uliyati aks etgan Umumiy qoidalar Psixologik xizmat xalq ta'limi tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologik xizmat Respublikadagi yaxlit psixologik xizmatning eng muhim jabhasi hisoblanadi Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har bir shaxs manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishdagi kelib chiqqan holda yondashadi. Psixologik xizmat mutaxassislari o'z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari muayyan kommisiyalar, balog'atga yetmagan o'smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo'mitasi, mahalla, ishlab chiqarish jamoslari jamoatchlik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Ular bilan munosabat tenglik pozitsiyalarni o'zaro boyitish asosida quriladi. 5. Psixologik xizmat ko'rsatish faoliyati maktabni hozirgi zamon psixologiya fani yutuqlari bilan ilmiy -uslubiy ta'minlashga insonning shaxsiy va intellektualjihatdan rivojlanishini diagnostika qilishga, ta'lim va tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlashga, eng muhim mavjud kamchilik va buzulishlarning oldini olishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. 6. Xalq ta'limi tizimidagi psixologlarning faoliyati psixologik konsultatsiya va muomilaning ijtimoiy psixologik faol usullari, psixokorreksiya , psixodiagnostika, ijtimoiy pedagogik bolalar psixologiyasi ixtisosga ega bo'lgan mutaxassislar tomonida amalga oshiriladi. 7. Amaliy psixolog faoliyatiga rahbarlik mutaxassisligi sohasi bo'yicha amalga oshirish nazarda tutiladi. PSIXOLOGIK XIZMAT TO'G'RISIDA NIZOM Ma'lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi xalq ta'limi tizimining muvafaqiyati ushbu tizimda psixalogik xizmatning har tomonlama to'g'ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog'liq ekanligi ko'pgina maorif xodimlarining diqqat e'tiborini o'ziga qaratmoqda. Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi bo'lmish ta'lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko'rib bo'lmaydi. Ta'limning rivojlanishi barcha fanlar kabi pedagogika va psixalogiya fanlari oldiga ham qator vazifalarni qo'ymoqdaki, bu vazifalarni bajarish jarayoni va imkoniyatlari O'ebekiston Xalq Ta'limi Vaziri J.G.Yo'ldoshevning qator ma'ruzalarida o'z ifodasini topgan. Binobarin, ta'lim muammolari insonning bilish, shaxsning ijtimoiy jarayonlarni anglab etishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bunday sharoitda pedagogika va psixologiya fani shaxsning tub qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, uni yanada faollashtirish imkoniyatini beradi. Inson insoniyatning olamidir Insonning rivojlanishi uning mavjudligidirkabi tushunchalar, tafakur amaliyotining o'zaro bog'liqligi, shaxsning olg'a qarab intilishini ta'minlovchi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yo'naltiruvchi, ta'limning son va sifat ko'rsatkichlarini belgilab beruvchi Pedagogika va Pedagogik psixalogiya fanlari metodologiyasining falsafiy asosidir. Psixolog o'zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o'quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o'zaro munosabat xususiyatlariga, o'quv - tarbiya jarayonini tashkil etishga bog'liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta'minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo'lishi mumkin bo'lgan sabablarini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
507.61 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
507.61 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: pptx