Psixologik xizmatning ahamiyati, taraqqiyoti va uning tuzilishi Reja: 1. xalq ta'limi tizimi muassasalarida psixologik xizmat, amaliy psixologiya sohalari ichida uning tutgan o'rni. 2. Psixologik xizmatning maqsadi va xar bir zvenosining vazifalari. 3. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo'nalishlari: a) psixologik okartuv, ma'rifiy ishlar; b) psixoprofilaktika; v) psixodiagnostika; g) psixik taraqqiyot va korreksiya. d) psixologik konsultatsiya, suhbat va maslahatlar. Tayanch iboralar: Psixologik xizmat, amaliy psixologiya, psixologik okartuv, ma'rifiy ishlar, psixoprfilaktika, psixodiagnostika, psixik taraqqiyot, korreksiya, psixologik konsultatsiya. jahon mamlakatlari amaliyotida psixologik xizmatni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, mazmuni tarkibiy qismlari to'g'risida muxokama kilinayotganda uning tuzilishi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalariga oid faoliyat turlariga taalukli tomonlari kamrab olinishi nazarda tutilgan edi. hozirgi davrda Angliyaning aksariyat universitetlarida AKSh va Ispaniyaning bir kator universitetlarida psixologik xizmatning mohiyatidan kelib chikib psixolog mutaxassislari tayyorlanmokda. Psixologik xizmatning tadqiqot va ta'sir o'tkazish obyektini maktabgacha yoshdagi bolalar, o'quvchilar, talabalar, o'qituvchilar, va ota-onalar hisoblanadi. U kuyidagilardan iborat: A) psixoprofilaktika B) psixologik morif, ma'rifat V) psixodiagnostika G) psixologik rivojlanish va psixokorreksiya D) psixologik konsultatsiya Psixologik morif yoki ma'rifat o'quvchilar yoki xalq ta'limi xodimlari, aholining psixologik madaniy saviyasini ko'tarishga qaratilgan. Psixologik ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi. Psixologik muammolar bo'yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy kengashlarda ilmiy kengashlarda ma'ruzalar bilan chiqish. xalq ta'limi xodimlari o'rtasida psixologiya fanini oxirgi yutuklarini targ'ib qilish. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminar o'tkazish (bog'chada, maktabda). Psixoturkum, ma'ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o'quv yurtlarida). Metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. Ota-onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o'tkazish. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko'rsatmalar va tavsiyalash ishlab chiqish. Psixoprofilaktika ishlari. Ushbu yo'nalishning asosiy vazifalari xar bir yosh bosqichda komil shaxs sifatida etilishi, aqlan barkamolligini ta'minlashning oqibat sharoitini yaratish. Shaxs kommunikativ va intelektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan buzilish va nuqsonlarning o'z vaqtida oldini olish. Psixodiagnostik ish. Mazkur ishlar o'quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o'qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurrok o'rgatishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning sabablarini, yoritishga yo'naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o'tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi: Yosh davri taraqqiyot mezonlariga muvofikligini aniqlash maqsadga muvofikdir. o'quvchilar, maktab o'quvchilari va bilim yurti tinglovchilari, oliy o'quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o'tkaziladi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. o'quvchilarning kasbiy yarokliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg'ulari o'z-o'zini boshqarish imkoniyatini intellektual darajasini tekshiradi. Maktab yoshidagi bolalar, o'quvchilar hunar bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o'qitish malakalari ko'nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulk atroflicha kamchililar, intelektual taraqqiyot, shaxs fazilatidagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi. Bolalarning voyaga etgan bola bilan tengkurlari bilan munosabatini o'rganish uchun ularni ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc