Psixologiya fani mustaqil fan sifatida vujudga rivojlanishi

Psixologiya fani mustaqil fan sifatida vujudga rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya fani mustaqil fan sifatida vujudga rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fani mustaqil fan sifatida vujudga rivojlanishi Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida eksperimental psixologiya taraqqiyotida nemis Vilgelm Vundtning (1832-1920)o'rni. V.Vundtning psixologiya mumtoz metodlari, yani kuzatish ifodalash va reaksiya metodlarini kashf etishi hamda rivojlantirishi. Vundtning 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriya tashkil qilganligi. XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya fakat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, yani o'rganadigan vokelik sohasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning alohida yangi sohalari paydo bo'ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaralirok tekshirish metodlari kashf kilinadi. Psixologiyaning bergan ma'lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o'rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi. Assotsiativ psixologiya Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniklashdan iborat edi. yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va protsesslarga birikishida buysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va kochish qonuniga buysunadi deb hisoblagan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar ideya - tasavvurlarning yaxlit bo'lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta'limot bir vaqtda xam idealistik, xam materialistik yo'nalishda paydo buldi. Idealistik yo'nalishning vakili (va umuman assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning ta'limotiga ko'ra, ongning barcha murakkab hodisa va maxsullari va uzining «men» ekanligi (o'z-o'zini) anglash, o'zaro tashqi bog'lanishlar - assotsiatsiyalar bilan boglangan «tasavvur birikmalari»dir, xolos. Materialistik oqimning vakillari psixologiyaga ruxning fizikasi deb karadi. David Gartli (1705-1757 y.) Djozef Pristli (1733-1804 y.) XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.) Djon Styuart Mil (1806-1837 y.) Aleksandr Ben (1818-1903 y.) Gerbert Spenser (1820-1903 y.) Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik protsesslar (xotira, tafakkur, nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo'lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo'lgan tasavvurlardan hosil buladilar deb davo kildilar. Assotsiativ psixologiya vakillarining fikricha, nutq xam tasavvurdir Ebbingauzning aytishicha, nutq - bu «ikki element»ning mustahkam assotsiatsiyalar bo'lib kushilishidir: bir tomondan, so'z va gaplarning ularning manolari bilan, ikkinchi tomondan esa so'z va gaplarning narsalar bilan birikishidir. Veber va Fexner Psixologiyada eksperimentni tatbik qilish bo'yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi ta'sirotlar (fizik omillar) va ularning muvofiki - sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni kuzgatuvchi ta'sirotlar o'rtasidagi kiyosiy munosabatni aniklab, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 148.59 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 148.59 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga