Psixologiya fani, uning predmeti va amaliy sohalari

Psixologiya fani, uning predmeti va amaliy sohalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya fani, uning predmeti va amaliy sohalari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fani, uning predmeti va amaliy sohalari Reja: Psixologiya to'g'risida umumiy tushuncha. Psixologiya fanining predmeti. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Psixologiya fanining asosiy sohalari. Inson tashqi olamni bilibgina qolmay unga nisbatan o'z hissiyotlarini namoyon eta oladi, voqelikda o'zi ham ishtirok etib faoliyat ko'rsatadi. Shu bilan birgalikda har bir inson bir-biridan nima bilandir ajralib turadi. Insonga xos sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvur, hissiyot, iroda-psixik protsessrlar hisoblanib, qiziqish, qobiliyat, temperament, xarakter shaxsning psixik xususiyatlari deyiladi. Malum vaqt davomida insonning g'amgin yo quvnoq bo'lishi psixik holat deb yuritiladi. Barcha bu aytilgan protsesslar, shaxs xususiyatlari hamda psixik holatlar birlashib insonning ichki dunyosi, ruhiy holati-psixikani tashkil etadi. Insonni ruhiy holatini o'rganadigan fan esa psixologiya deb ataladi. Psixologiya yunoncha so'z bo'lib, ruhga oid bilim manosini anglatadi. Psixologiya fanining vazifasi insonni tevarak-atrofdagi narsalarni idrok qilish protsessini o'ziga xos qonuniyatlarini o'rganish bilan bir qatorda psixik faoliyatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Demak, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o'rganadi. Psixologiya fanining asosiy predmeti bu shaxs, uning o'ziga xos xulq-atvori va faoliyati hisoblanadi. Psixologiya shaxs psixikasida yuzaga keladigan va namoyon bo'ladigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va individual psixologik xususiyatlarni o'rganuvchi fandir. Psixik protsess-jarayonlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, psixik holatlar-hissiyot, iroda, diqqat, individual-psixologik xususiyatlar temperament, xarakter, qobiliyatlar hisoblanadi. Psixologiya faning keng qo'llaniladigan metodlaridan biri kuzatish metodi bo'lib, kishilarning his-tuyg'ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, individual-psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Kuzatish obyektiv(tashqi) va subyektiv (o'z-o'zini) turlariga bo'linadi. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: kuzatishning maqsadi, vazifalari belgilanadi; kuzatish obyekti tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qatiylashtiriladi; kuzatishning shakli (yakka, guruh) tayinlanadi; kuzatish qaysi faoliyatda amalga oshirilishi (o'yin, o'qish, mehnat yoki sportda) tayinlanadi; kuzatishning qayd etish vositalari (kundalik, magnitofon, suhbat daftari) tanlanadi. Kuzatuvchi tadqiqot davomida tutgan mavqeiga ko'ra kuzatish birgalikdagi kuzatuv va chetdan kuzatuv turlariga bo'linadi. Psixologiya fanida o'z-o'zini kuzatish (introspeksiya)dan foydalaniladi. Ko'pincha tajribali psixolog yoki o'qituvchi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Lekin inson turli vaziyatda o'zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu ilmiy ahamiyati katta emas. Shu manoda kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Insonning murakkab psixikasi o'rganishda boshqa metodlardan ham foydalanamiz. Suhbat metodi. Inson psixikasini o'rganishda suhbatning maqsadi, vazifasi belgilanadi. O'rganilayotgan mavzu, narsaga doir savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning aqli, qiziqishi, xulq-atvori, dunyoqarashi, bilimi to'g'risidagi ma'lumotlar olinadi, suhbat davomida fikrlar mantiqiy izchillikka ega bo'lishi kerak. Inson shaxsida yuzaga keladigan va aks etadigan psixik jarayonlar, psixik holatlar va individual-psixologik xususiyatlarni o'rganish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.34 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.34 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga