Psixologiya faning tarmoqlari va psixologik amaliyot vazifalari Psixologiyaning 300dan ortik tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: - umumiy psixologiya - psixologiyaning barcha masalalarining o'ziga xos jihatlarini o'rganadigan maxsus sohasi; - pedagogik psixologiya - kishiga ta'lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o'rganishni o'z predmeti deb biladi; - yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug'ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o'zaro munosabatlari qonuniyatlarini o'rganadi; - ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o'rganadi; - mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o'rganadi; Genetik psixologiya X1X va XX asrlar psixologiya fanining yutuqlari uchun eksperimental metod bilan birgalikda unga taraqqiyot prinsipining kiritilishi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Taraqqiyot ideyasi, xususan ruh haqidagi ta'limotdagi taraqqiyot ideyasi qadimgi zamon mutafakkirlarining ko'pchiligi (Geraklet, Efnssk va boshqalar), tomonidan aytilgan ideyadir. hayvonlar psixologiyasi Zoopsixologiya- bu hayvonlarning nerv sistemasi taraqqiyotiga, biologik sistematikasiga (hayvonlarning har xil turiga), shuningdek yashash tartibi xususiyatlariga binoan ularning psixik hayot formalarini o'rganadigan fan. Bu psixologiyaning asosiy problemasi hayvonlar aqliy taraqqiyotining tarixidir. Bu psixologiya har xil hayvonlar psixikasini bir-biriga taqqoslab, qiyos qilib o'rgangani uchun, qiyosiy psixologiya deb ataladi. Bu psixologiya psixika taraqqiyotini hayvon organizmlarining biologik tuzilishiga bog'lab o'rganganligi uchun, u biologik psixologiya deb ham yuritiladi. Yosh psixologiyasi Bu fan insonning yoshiga qarab psixikasining rivojlanib borish xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi, ilk bolalikdan tortib, toki qarilik yoshigacha bo'lgan har bir yosh bosqichida psixik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlarini, inson ongining turli yoshga qarab rivojlanishini belgilab beruvchi faktorlar ni aniqlaydi. Yosh psixikasi sistemasida, ayniqsa, bolalar psixologiyasi Muhim o'rin egallaydi. Bu psixikaning go'daklik, ilk bolalik, maktabgacha va yosh davrlaridagi rivojlanishini o'rganadi. O'sishning bu davrlari inson shaxsi va ongining eng intensiv shakllanish davridir. Bolalar psixologiyasining asosiy problemasi Bolaning aqliy taraqqiyoti tarixidir. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differensiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
843.76 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
843.76 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: ppt