Psixologiya fanining ahamiyati va vazifalari

Psixologiya fanining ahamiyati va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya fanining ahamiyati va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fanining ahamiyati va vazifalari Barcha fanlarni bilish kabi psixologiya fanini bilishning ham har qanday shaxs uchun katta ahamiyati bor. Psixologiyani bilish odamlarni bilishga imkon beradi. Odamlarni bilish esa ular bilan to'g'ri muomala-munosabatda bo'lishning zarur shartidir. Yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish masalasi muhim hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan sharoitda ayniqsa, psixologiyani bilish yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Psixologiya fanini biish hamma kasb egalari uchun zarurdir. Bu hol har bir shaxsning shaxsiy turmushida va ijtimoiy faoliyatida amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Psixologiyani bilishning ikki tomonlama foydasi bor. Birinchidan, psixologiyani yaxshi o'rgangan shaxs, o'zining psixik holatlarini, turli mazmundagi hissiyotlarini, ixtiyoriy irodaviy harakatlarini ongli ravishda to'g'ri idora qila oladi.Ikkinchidan, psixologiyani yaxshi bilgan shaxs boshqalarning ichki dunyosini, turli hissiy kechinmalarini tez va to'g'ri anglaydi, tushunadi. Psixologiyani mukammal bilish odamning aql-idrokini o'stiradi, nutqini taraqqiy ettiradi, bilimlarni chuqur egallashga yordam beradi. Psixologik bilim noto'g'ri g'oyalarga qarshi kurashda kuchli g'oyaviy quroldir. Garchi so'nggi yillarda psixologiyaning tarmoqlari mustaqil fan sifatida shakllanib, ko'p qirrali turmushimizning turli sohalariga xizmat qilayotgan bo'lsa-da, hali maktab-maorif sohasiga taalluqli bo'lgan psixologik bilimlarni egallash darajasini etarli deb bo'lmaydi. Bu jihatdan, ayniqsa, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi murakkab pedagogik munosabat, ilmiy bilimlarni egallab borish jarayonining o'quvchilar xulq-atvori, aql-idroki, ma'naviy, siyosiy va axloqiy kamolotiga ta'sirini psixologik tomondan asoslash muhim hayotiy ahamiyatga molikdir. Hozirgi sharoitda oliy maktab har tomonlama tarkib topgan shaxsni voyaga etkazishdek ulug'vor vazifani amalga oshirar ekan, har bir o'qituvchining chuqur psixologik bilimisiz bu ulug'vor vazifani bajarib bo'lmaydi. Ulug' rus psixologi K.D.Ushinskiy pedagogik jarayonda psixologik bilimning ahamiyatini takidlab aytganidek, agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo'lsa, u avvalo o'sha odamni har jihatdan bilib olishi zarur. Tabiiyki, odamni bilish uning psixologiyasini bilish demakdir. Endilikda psixologiya fanining muhim vazifalaridan biri odam psixik faoliyatining qonuniyatlarini ochib berishdan iboratdir. Psixologiyaning qonuniyatlari obyektiv olam voqealarining odam bosh miyasida aks etishini, odamning tashqi dunyo voqea-hodisalarini bilish faoliyatini kuchaytiradi. Psixologiya psixik hodisalarning obyektiv sharoitga bog'liqligi masalalarini ham o'rganadi. Umuminsoniy tarbiya muammolarini hal eta borishda psixologiyaning alohida mas'uliyatli vazifalari bor. Bu sohada psixologiyaning roli va ahamiyatini to'la qayd qilgan holda Respublikamiz rahbariyati psixologiya fanining taraqqiyoti to'g'risida maxsus g'amxo'rlik qilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Fanlar Akademiyasining yubiley kengashida so'zlagan nutqida psixologiya fanining asosiy vazifasi tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tadqiq etishni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishdan, uning jamiyat moddiy-texnika bazasini qurishning, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish xalq farovonligi va madaniyatini yuksaltirish, mehnatkashlarning to'g'ri dunyoqarashini shakllantirishning dolzarb muammolarini hal etishga qo'shayotgan hissasini oshirishdan iborat ekanligini uqtirgan edi. Hozirgi sharoitda psixologiya fani O'zbekistonda o'z taraqqiyotining yangi davriga o'tayapti. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga