RYeJA: 1. hozirgi zamon psixologiyasi va uning rivoji. 2. Psixologiya va pedagogika. 3. hozirgi zamon psixologiyasining prinsiplari va tuzilishi. 4. hozirgi zamon psixologiyasida tadqiqot metodlari. Psixologiya fani psixologik faktlarni o'rganib, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilar ekan, psixologik faktlarni va holatlarni kelib chiqish qonuniyatlarini xam o'rganishi va izoxlab berishi lozim. Chunki xar bir sodir bo'layotgan psixik hodisa o'zining genezisi va rivojlanish qonuniyatlariga ega. Ammo qonuniyatlarni va qonuniyatli aloqalarni bilishning o'zi kifoya qilmaydi. Psixologiya fanining yana bir vazifasi - psixik faoliyatning mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Demak, psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o'rganadi desak to'g'ri bo'ladi. hozirgi vaqtda psixologiya o'zi o'rganadigan alohida predmetiga, o'zining alohida vazifalariga, o'zining maxsus tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog'i (institutlari, labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o'quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo qilgani uchun xam psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi. hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda buyuk tabiatshunos Ch.Darvinning g'oyalari juda muhim ahamiyatga ega. Bu g'oyalar jonli mavjudotlarning muhitning o'zgaruvchan sharoitlariga, psixik faoliyatning oliy formalari quyi, ancha sodda formalardan kelib chiqqanligini anglab etish imkonini berdi. Ch.Darvin butun jonzotning evolyutsiyasi g'oyasini hayvonlarda sezgining paydo bo'lishiga nisbatan qo'llashga muvaffaq bo'ldi. U biologik rivojlanish jarayonida tananing tuzilishidagi va uning ayrim a'zolaridagi o'zgarishlarga olib keladigan o'sha asosiy omillarni ko'rsatib berdiki, bu filogenezdagi psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlari bo'lib hisoblanadi. Psixologiyada Darvinning hayvonlar psixikasining evolyutsiyasi haqidagi g'oyalari ko'pgina olimlarning va eng avvalo A.N.Severtsov bilan V.A.Vangerning ilmiy ishlarida rivojlantirildi. hayvonlar va odam psixikasiga evolyutsion ta'limot nuqtai nazaridan yondashuv, psixikaning dialektik materializmga qarama-qarshi pozitsiyada turgan bazi bir fiziologlar va psixologlar davo qilganlaridek, fiziologik jarayonlarning shunchaki xaraktsiz o'simtasi (epifenomeni) emasligini tushunib etishga yordam beradi. Psixik hodisalar murakkab olamning kishi hayoti va faoliyatida xech qanday rol o'ynamaydigan fiziologik jarayonlar epifenomeni tarzida mavjud bo'lishi evolyutsiya prinsiplari va qonunlariga ochiqdan-ochiq zid bo'lur edi. (Tabiiy tanlash, malumki, tirik mavjudotga keraksiz barcha harakatsiz, samarasiz narsalarni bartaraf etadi). I.M.Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy negizini tashkil etdi. Bu nazariya keyinchalik shartli reflekslar haqidagi I.P.Pavlovning ta'limotida yanada rivojlantirildi. Shu tariqa psixik faoliyatning murakkab fiziologik mexanizmlari sistemasini tadqiq qilish borasidagi yutuklar psixologiya bilan tabiatshunoslik o'rtasidagi aloqalarning konkret natijasi sifatida yuzaga keldi. hozirgi paytda psixologiya bilan pedagogika o'rtasidagi aloqalar o'zgacha tus olmoqda. Bu aloqalar qator yillar mobaynida aslida ko'p xollarda psixologiyaning pedagogikaga tashqi moslashuvi va pedagogika tomonidan psixologiyaning tayyor ma'lumotlarini tashqi tomondan hisobga olinishi bilan cheklanib ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.9 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc