Psixologiya fanining predmeti va fanlar tizimida tutgan o'rni Reja: Psixologiya fanining predmeti. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi. Psixik hodisalar va ularning shakllari. Psixologik nazariyalarning yo'nalishlari. Hozirgi zamon psixologiya fani va uning fanlar tizimida tutgan o'rni. Tayanch iboralar: Psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelishi. Psixologiyaning asosiy tushunchalari: psixik aks ettirish, psixik hodisalar, jarayonlar, holatlar, shaxsning xususiyatlari. Ilmiy psixologiyaning nazariy asoslari. Psixologiyaning fan sifatidagi taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Hozirgi zamon psixologiyasining muhim, asosiy yo'nalishlari, turli qarashlar, oqimlar. Psixologiyaning fan sifatidagi vazifalari. YOshlarning ma'naviyatini shakllantirish va ta'lim-tarbiya jarayonini jahon andozalariga mos ravishda, ilmiy asosda tashkil qilishdagi roli. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni. PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI Har bir fan boshqa fanlardan o'z predmeti bilan farq qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologiya fanining predmeti, u bahs yurituvchi hodisalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik hodisalarning o'zgachaligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur, iroda va h.k.) bo'lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va faktlarga qarama-qarshi qo'yib kelingan. Psixologiyaning predmetiga bo'lgan munosabat uning nomida aks ettirilgan. Psixologiya so'zi ikki grekcha SO'Z ( psyuxe - jon, ruh, logos' - ta'limot) birikmasidan iborat bo'lib ruh, jon haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Psixik hodisalarning barchasi psixika, odam psixikasi,kishining ichki dunyosi, ruhiy hayoti kabi nomlar bilan ataladi. Psixologiyaning rivojlanish tarixida psixologik bilimlarning to'planishi ikki yo'nalishda amalga oshgan: 1. Hayotiy psixologiyaning rivojlanishi. 2. Ilmiy psixologiyaning rivojlanishi. Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar haqidagi bilimlar hali ilmiy bilimlar yuzaga kelmagan juda qadim zamonlardayoq hayotiy tajriba asosida yuzaga kelgan. Bu bilimlar turli amaliy faoliyat, hamkorlik, o'zaro munosabatlar jarayonida shakllanib avloddan-avlodga o'tib, tilda, xalq ijodiyotida, maqollarda, san'at asarlarida o'z ifodasini topgan. Masalan, odam xotira jarayonlar haqida ilmiy bilimga ega bulmasa ham biror matnni takror-takror o'qish uni yaxshi esga olib qolishga yordam berishini biladi. Bunday bilimlar keng tarqalgan bo'lib, ular atrofdagi odamlarning xulq-atvorini tushunishda, kishi o'z faoliyatini tashqi olamga, voqelikka to'g'ri, mos tashkil qilishiga xizmat qilgan. Ammo psixologiyadagi hayotiy bilimlarning hammasining ostida haqiqat, qonuniyat yotadi deb bo'lmaydi. Ikkinchidan, ko'pchilik hayotiy bilimlardan turli kasblarga doir amaliy faoliyatda (pedagogika, tibbiyot, ishlab chiqarishda) foydalanib bo'lmaydi. Bu sohalarda obyektiv va ishonchli bilimlar talab qilinadi. Bunday bilimlar ilmiy bilimlardir. Ilmiy psixologiya hayotdagi psixik faktlarni miqdor (reaksiya tezligi, xotira hajmi, diqqatning ko'lami va h.k.) va sifat jihatdan (idrokning konstantligi, tafakkurning mustaqilligi, xotiraning anglanganligi va h.k.) o'rganadi. Ilmiy psixologiya psixik faktlarni o'rganish va ularni tasvirlash bilan cheklanib qola olmaydi. Ilmiy bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o'tishni talab qiladi. Buning uchun ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.8 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.8 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:57 ]
Arxiv ichida: doc