Psixologiya fanining predmeti, amaliy vazifalari

Psixologiya fanining predmeti, amaliy vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya fanining predmeti, amaliy vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fanining predmeti, amaliy vazifalari R e j a: Hozirgi zamon psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari. Psixologiya fanining tarixi, sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari. Psixologiya fanining tarmoqlari va fanlar tizimidagi o'rni. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari. Psixologiya fanining metodlari va prinsiplari. 1. Inson mavjud ekan u o'zining hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o'ziga - o'zi hisob beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay, unda harakat qiladi, o'z faolligini namoyon etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga intiladi, qiyinchiliklarga duch kelganida qat'iyatlilik va irodaviy sifatlarni namoyon qiladi. Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir texnikaga qiziqadi, boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga, kimdadir qobiliyatlar, boshqada she'r yozish, uchinchisida texnik qobiliyatlar mavjud, kimdir harakatchan, boshqa birov bosiq, befarq, uchnchisi - dilkash, chaqqon, birov mehnatsevar va kamsuqum va xokozo. Bularning hammasi - sezgir, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg'u, iroda, temperament va xarakterlar - inson psixikasining hodisalaridir. Psixik hodisalarni o'rganuvchi fan - psixologiya deb ataladi. Psixologiya (yunoncha, psyche - ruh, logos - bilim, ilm, fan) insonning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, his-tuyg'u va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonlari va qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarning o'ziga xos tomonlaridir. Psixologiya konkret fan sifatida asixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ro'y berishi mexanizmlari va omillarini o'rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi - psixik hodisalarni o'rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik hodisalar ham ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi. Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya jarayonlarini to'g'ri olib borishga yordam beradi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda avvalo psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi. Psixik xarakterga doir har bir fakt esa ham miqdor ham sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o'tishni muqarrar talab qiladi. Bu esa o'z o'rnida qonunlar mohiyatini ochib berishni talab etadi. Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar psixologiya fanining o'rganiladigan predmeti bo'lib yuzaga chiqadi, shuningdek psixik holatning mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika bilan birga ochib beriladi. Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik hodisalarning ilk talqini qadimi yunon olimi Aristotel'ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo'lib, ruh va jon tananing ajralmas bo'lagi ekanligini ilgari surdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imkoniyatlar tufayli va xususiy faolligi orqali ro'yobga chiqadigan xarakterning real faoliyatda shakllanishi haqidagi nazariyani yaratdi. Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga