Psixologiya fanining predmeti. Yangi davr psixologiyasi psixologiya fanining turli bosqichlardagi ta'rifi

Psixologiya fanining predmeti. Yangi davr psixologiyasi psixologiya fanining turli bosqichlardagi ta'rifi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya fanining predmeti. Yangi davr psixologiyasi psixologiya fanining turli bosqichlardagi ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya fanining predmeti. yangi davr psixologiyasi psixologiya fanining turli bosqichlardagi ta'rifi Reja: 1. Psixologiya fanining predmeti. 2. Yangi davr psixologiyasi psixologiya fanining turli bosqichlardagi ta'rifi Psixologiya termini grek tilidan olingan bo'lib, ikki qismdan - psuhe va logosdan iborat. Psuhe qismi o'zbek tilida ruh, jon, logos qismi esa, ilm, fan, ta'limot manolarini beradi. Ular biriktirilganda ruh yoki jon aqidagi fan degan mazmunni anglatadi. Shuni takidlash lozimki, filosofiya, fiziologiya, geometriya, geografiya terminlarida bo'lganidek, psixologiya terminining ham fan sifatidagi mazmunini o'zbek tiliga to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilib bo'lmaydi. Chunki so'zma-so'z tarjimasidan malumki, psixologiya ruh yoki jon mavzuida bahs etuvchi fan emas. Har bir shaxs o'zining kundalik faoliyatida bir qancha odamlar bilan uchrashadi, ular bilan muomalada bo'ladi. Ularning bazilari shaxsga yoqimli, hayajonli ta'sir o'tkazadi, bazilari esa, aksincha bunday xususiyatga ega bo'lmaydi. Shuning uchun xam shaxs o'zini bazilarga yaqin tutadi, bazilardan olib qochadi. Shaxs turmushdagi voqea-hodisalarga, turli-tuman fakt va predmetlarga ham bir xilda munosabatda bo'lavermaydi. Ularning bazilari shaxsni o'ylatadi, his-hayajonga soladi, uni qiziqtiradi, bazilariga nisbatan esa shaxs beparvo munosabatda bo'ladi. Bazi ta'sirotlar shaxsga huzur-halovat bag'ishlaydi, uning ruhini tetiklashtiradi, kayfiyatini yaxshilaydi, ayrimlari esa shaxsga noxush ta'sir qiladi va unda turli-tuman ruhiy kechinmalarni vujudga keltiradi. Ayrim shaxslarning nojo'ya qiliqlari boshqalarda antipatik hislarni qo'zg'aydi, g'azabini keltiradi. Jamiyatimiz a'zolaridagi yuksak axloqiy insoniy fazilatlar- mehnatsevarlik, insonparvarlik, baynalminalchilik, jamiyat baxt-saodati yo'lidagi halol mehnat, jamoatchilik, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo'ylik, oddiylik, kamtarlik kabi sifatlardan zavqlanamiz. Inson o'zini o'rab olgan sotsial muhitda yashaydi va harakat qiladi. U har qanday ehtiyojga muhtojdir va uni qanoatlantirishga (qondirishga) intiladi. Tevarak-atrofdagi muhitdan har xil axborotlar (informatsiyalar) qabul qiladi va o'zini shunga muvofiqlantirishga harakat qiladi. Dunyodagi real obrazlarni miyasida ongli shakllantirishga kirishadi, shunga qarab o'zining shu muhitda qanday harakat qilish kerakligi to'g'risida, u yoki bu voqeaga qanday yondashish uchun rejalar tuzadi. O'zining oldiga qo'ygan maqsadlarini o'z harakat natijalariga solishtirib ko'radi, o'z boshidan juda katta hissiy (emotsional) holatni kechiradi. Hayot faoliyatidagi bazi kamchilik va xatoliklarni to'g'rilash yo'llarini axtaradi. Buning uchun uylaydi, fikr yuritadi, hayajonlanadi. Bazan o'zini tuta olmay pessimizmga berilib ketadi. Nihoyat, o'zini tutib oladi, o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishishiga butun kuchini qaratadi. Mana shu holatlarning hammasi kishining psixik faoliyati hisoblanadi. Ana shu psixik faoliyat qonunlarini o'rganuvchi fan psixologiya fanidir. Psixologiya fanining o'z oldiga vazifa qilib qo'yadigan problemalari juda xilma-xil bo'lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo'llarini aniqlash, har bir psixik protsessning asosida qanday mexanizm borligi, uning o'zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o'rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro'yobga chiqqanligini o'rganish bilangina ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga