Psixologiya kursidan laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi R e j a: Psixologiyadan o'tkaziladigan laboratoriya mashg'ulotlarining ahamiyati. Psixologiyadan laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazilishiga qo'yiladigan talablar. Laboratoriya mashg'ulotlari turlari. Laboratoriya mashg'ulotlari samaradorligini oshirish. Psixologiya kursini o'qitishda laboratoriya mashg'ulotlari uning tarkibiy kismi hisoblanadi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalarning ma'ruzalarda olgan nazariy bilimlariga aniklik kiritiladi, mustahkamlanadi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalarda psixologik tadqiqot o'tkazish ko'nikmasi hosil bo'ladi, talabalar tadqiqot metodlarini uzlashtiradilar va uni keyinchalik maktabda ishlaganlarida qo'llashlari mumkin bo'ladi. Bunda talabalar o'tkazilayotgan eksperimentlarda tekshiruvchi, tekshiriluvchi (tadqiqotchi,sinaluvchi) sifatida ishtirok etib, ularni mustaqil o'tkazishga urganadilar. Tajribalarda ishtirok etish, shuningdek turli test topshiriqlarini bajarish talabalarda alohida kizikish uygotadiki, bu ularda o'z-o'zini anglash, shaxsiy psixologik sifatlarni belgilash, uzining taraqqiyot darajasini aniqlash imkonini yaratadi. Talabalar turli psixlogik masalalarni yechish orqali o'z bilimlarini amaliyotda namoyon qilishlari mumkin. Shunday masalalarni xal kila turib talabalar kelgusi amaliy ishlarida psixologik bilimlarning zarurligiga yana bir bor isxonadilar. Amaliy mashg'ulotlarning o'tkazilishida turli masalalardan foydalanish o'qituvchilar uchun xam kul keladi. Bunda o'qituvchilar o'quv mateiallarining uzlashtirish darajasi haqida axborot oladilar va shu vaqtning uzida bu jarayon ustidan nazoratni kuchaytiradilar. Laboratoriya mashg'ulotlarida kompyuter texnikasi kullanilganda talabalarning barcha aqliy imkoniyatlari mujassamlanadi, bunda shunchaki yakuniy natijalarning nazoratini emas, balki talabalarning o'z-o'zini nazorat qilish yuzaga chikadi. Laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish va qo'llash mumkin bo'lgan bir kancha ish turlari mavjud. Xar bir mashg'ulot uchun ish turini tanlash darsning mavzusi, o'qituvchining imkoniyati va texnik holatlariga bog'liq bo'ladi. Laboratoriya mashg'ulotlarini boshlashdan avval o'qituvchilar talabalarning nazariy tayyorgarligini tekshirib ko'rishlari talab etiladi. Tajriba ishini olib borish haqida tafsilot belgilari yozib borish uchun kora daftar, ish natijalarini sinchkovlik bilan qayta ko'rib chikib, tartibga solingan keyingi hisobot daftari, hamda qilingan ishlar bayoni xam rasmiylashtiriladi. mashg'ulotlarni maktab materiali (ayniqsa yosh va pedagogik psixologiya kursidan) yani u yoki bu metodlardan foydalangan holda, maktablardan olingan ma'lumotlar asosida o'tkazish maqsadga muvofikdir. Bu talabalarning o'quvchi psixologiyasi haqidagi bilimlarini aniklashtirish va chuqurlashtirishga yordam beradi, yosh psixologiyasi masalalariga bo'lgan kizikishlarini ustiradi. Kuyida shunday mashg'ulot «Umumiy psixologiya», «Yosh va pedagogik psixologiya» kursidan laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarning namunaviy ishlanmasidan misollar tavsiya etamiz. Umumiy psixologiyadan 3-laboratoriya mashg'uloti - Mavzu: «Shaxs». quyidagi tushunchalarni muxokama qilish «Shaxs», «Individ», «Individuallik». o'quvchilarni ma'naviy talabchanlik darajasini uganishda bazi metodlarni qo'llash orqali maktabdan olingan materiallar bilan talabalarni tanishtirish, bu materiallarni ishlab chikib, muxokama qilib shunga munosib xulosa chiqarishlarini taklif qilish metodikalari, «o'quvchilar kollektivi va o'quvchilar shaxsiyatini o'rganish », «Tugallanmagan gap» metodikalari. Psixologik masalalarini yechishni taklif qilish. («Umumiy psixologiyadan amaliy ( laboratoriya)ishlar»). B Mamajonov va boshqalar. 4. o'z shaxsiyatida o'z- o'zini baholash darajasini aniqlash va birlash va bir paytning uzida aniq metodikalardan foydalana ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.67 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc