Psixologiya nazariy va amaliy fan sifatida

Psixologiya nazariy va amaliy fan sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya nazariy va amaliy fan sifatida - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya nazariy va amaliy fan sifatida Oliy o'quv yurtlarida psixologiyani o'qiUshning maqsadlari. Talabalarni har qanday fanlarni o'rganishlaridan asosiy maqsadi hayotiy vazifalarga va amaliy masalalarga ilmiy nuqtayi nazardan yondashgan holda o'rganishdir. Psixologiyani o'rganishda talaba fanni inson psixologiyasining harakatlari har bir odamning xulq-atvor ko'rinishlarining xususiyatlarini tushunish va tushuntirib berish, shaxs psixologiyasida ilmiy yo'nalishlarni tahlil qilish maqsadida va shuning asosida ular bilan kundalik hayotda to'g'ri munosabatlarda bo'lishiga o'rganib olish kerakligini bildiradi. Bu maqsad umumiy bo'lib har qanday fanni o'rganishga ham taalluqli bo'lgani bilan, u faqatgina talabaning faoliyatiga tegishlidir aynan u bunga erishishga intilishi kerak. O'qituvchi faoliyati haqida gapiradigan bo'lsak, uning faoliyati, talabanikidan farqli o'ziga xos xususiyatga ega. Talabaning maqsadi - fanni o'rganish, o'qituvchining maqsadi - uni tatbiq etishdir. Bu maqsadlar oxiri oqibat birlashadilar lekin, maqsadlarni qo'yish jarayonida ular turli ko'rinishga ega boiadilar; talaba o'qituvchidan «bilim olishga» intiladi, o'qituvchi esa unga ana shu zarur bilimlarni «berishga» va mavjud bilimlardan foydalanishga o'rganishga harakat qiladi. Psixologiyani o'rganishda har bir talaba o'zining bo'lajak kasbidan qat'i nazar shaxsning xarakteri va qobiliyatlarini temperamentini va boshqa xislatlarini aniqlashda, insonning harakatlari va qilayotgan ishlarini baholash va tahlil qihshda jamiyatda jamoada boshqa odamlar bilan shaxsiy munosabatlarda psixologik fikrlashga o'rganib olishi kerak. Shunday qihb, psixologiyani o'qitish, jarayonida talabalarni psixologiyadan olgan bilimlari, o'quv maqsadlari asosida ta'lim jarayonining uning natijalarida birlashadi; undan boshqa odamlar bilan munosabatlarda ilmiy psixologik bilimlariga amaliy tayanish mahoratini rivojlantiradi va o'z navbatida aynan psixologik fikrlash mahorati shakllanishini bildiradi. O'z oldimizga u yoki bu mavzu va bo'limlarni o'qitishni maqsad qilib qo'yar ekanmiz, fanning turli sohalari xususiyatlarini hisobga olish kerak. Misol uchun nazariy (umumiy) psixologiyani tushuntiruvchi deb nomlash qabul qilingan, amaliy psixologiyani esa hayotiy haqiqatning turli tomonlarida bu nazariyani: psixik hodisalar holatlari va vaziyatlariga amaliy qo'shimcha deb hisoblashadi. Ammo amahy psixologiya ham haqiqiy psixik hayotdagi aniq faktlarni tushuntiradi jumladan, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy hayot hodisalarini guruhlar xulqi hodisalarini injenerlik psixologiyasi-insonning texnika bilan o'zaro munosabati xususiyatlarini, pedagogik psixologiya o'qitish va tarbiyaning samaradorligi shartlari bilan bog'liq bo'Igan holatlarni, tibbiyot psixologiyasi - inson salomatligini yaxshilanishi va yomonlashishini sabablarini, harbiy psixologiya - insonning havotirli vaziyatlardagi harakatlari xususiyatlarini va shu kabi. Shunday qilib, amaliy psixologiyaning vazifasi nazariy ya'ni umumiy psixologiya kabi tushuntiruvchi hisoblanadi lekin psixologiyaning har bir sohasiga taalluqli qiziqishlar doirasidagi hodisalarga nisbatan amaliy hisoblanadi. Psixologik bilimlarni amaliy qo'llashga kelsak, nazariy va amaliy psixologiya uchun u hodisalarni tushuntirishdan iborat bo'ladi, birinchi holatda - bilimlar tor sohasi nuqtayi nazaridan amaliy psixologiya aniq bir nazariyasini misol uchun insonning xulqi sabablarini ma'lum ehtiyojlaridan kelib chiqishi haqidagi umumpsixologik nazariya asosida tushuntirish mumkin, uchuvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.35 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga