Psixologiya o'qitish maqsadi

Psixologiya o'qitish maqsadi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiya o'qitish maqsadi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya о'qitish maqsadi Reja 1.Pedagogik faoliyatning ta'lim - tarbiya va о'quv metodik jarayonda psixologik muommolar 2.Psixologiya soxalarini о'qitish metodlari. 3.Psixologik muhit muloqatga kirishish muomola sistemasini yaratish Ta'limni tashkil etishning asosiy shakli maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli о'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini о'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars - о'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza - telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qо'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, tо'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bо'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat о'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari о'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi - seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa о'quv yurtida yoki chet el о'quv yurtida stajirovkada bо'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi. Dars tiplari quyidagilardan iborat: Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni о'rgatish, yangisini ilgari о'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish. Yangi materiallarni о'rganish darsi odatda katta sinf о'quvchilarini о'qitishda qо'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars - konferensiya, kino dars, dars - tadqiqot. Bilimlarni mustahkamlash, kо'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti kо'rinishida olib boriladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni tо'liq о'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bо'lgan dasturning asosiy masalalari bо'yicha о'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni о'tishda о'qituvchi о'quvchilar oldiga muammoni qо'yadi, qо'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini kо'rsatadi, hamda о'xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida о'quvchilarning uzoq vaqt davomida - chorak, yarim yillik, о'quv yili davomida bir necha mavzular bо'yicha bilim, mahorat va kо'nikmalari tekshiriladi, baholanadi. Bilim, mahorat va kо'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi о'qitish natijalarini baholash uchun, о'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, о'quvchilarning о'z bilimlarini qо'llashga tayyorliklari, о'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va kо'nikmalarini tekshirish uchun mо'ljallangan. Bunday darslarning kо'rinishlari og'zaki yoki yozma sо'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bо'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qо'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi. Maktab amaliyotida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.37 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.37 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga