Psixologiya о'qitish metodikasi kursining dasturi Reja : 1.Ma'ruza,seminar, labaratoriya mashg'ulotlarining tavsifi. 2.Jaxon psixologiyasida о'qitish muommolari. 3.О'qituvchi va talabalar о'rtasidagi psixologik munosabatlar. О'qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tiborga loyiq e'zozlab kelingan kasbdir. «О'qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bо'lishi va о'quvchilarga aytmoqchi bо'lgan fikrlarini tо'la va aniq, ifodalay olishni bilmog'i zarur». U о'z fikrini davom ettirib, «О'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga о'xshaydi, shu sababli о'qituvchi eshitgan va kо'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bо'lishi о'quvchilarga aytmoqchi bо'lgan fikrlarini tо'la va aniq, ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga о'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bо'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bо'ladi va baxt chо'qqisiga erishadi» deb ta'kidlaydi. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «О'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgо'y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bо'lmog'i lozim. О'qituvchi о'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini о'rganib uning aql qatlamlariga kira olmog'i lozim». Nosiriddin Tusiy о'zining «О'qituvchilarni tarbiyalash tо'g'risida» asarida shunday deydi: «О'qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, о'z fikrlarining tо'g'riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bо'lishi lozim. О'qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaxarxandalik, qо'pol yoki qattiq bо'lishi mumkin emas. Dapc paytida о'qituvchining о'zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin». Yusuf Xos Xojib Qoshqariy «Men a'zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men о'qituvchilik yо'li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil. Chunki a'zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bо'lsalar, nodonlik bilimsizlik tufayli о'n ming va yuz minglarcha odamlar halok bо'ladilar» Jomiy bola dunyoqarashining kamol topishida maktab va muallimning roliga katta baho beradi. Uning fikriga qaraganda, muallim aqlli, adolatli, о'zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bо'lishi kerak. О'zini nomunosib tutgan odam, hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi, degan fikrni bildiradi. Ulug' shoirimiz Alisher Navoiy ham о'qituvchi mehnatini xolisona baholab «Agar shogird podsholikka erishsa ham unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi». «Haq yо'lida kim senga bir harf о'rgatmish ranj ila, aylamak bо'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila» kabi satrlarni bitgan. Allomalarimiz tomonidan bildirilgan qimmatli fikrlari hozirgi kungacha о'z ahamiyatini yо'qotgan emas. Shuningdek ta'lim jarayonida о'qituvchi shaxsi, uning kasbiy xususiyatlari borasidagi fikrlar atroflicha bayon qilingan. О'qituvchining о'rni va uning vazifalari о'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan belgilanadi. Zamonaviy о'qituvchi ijtimoiy psixolog bо'lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u о'qituvchilar о'rtasidagi о'zaro munosabatlarni yо'lga solish, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc