Psixologiya predmeti, maqsadi va vazifasi Reja: Psixologiya predmeti haqida tushuncha. Psixik hodisalar. Buyuk mutafakkirlar ruhiy hodisalar haqida. Fanlar tizimida psixologiyaning o'rni. Psixologiya tarmoqlari. hozirgi zamon psixologiyasining maqsadi, vazifalari va ahamiyati. Psixologiya-lotincha «psyuxe» -rux, jon, «logos» -fan, ta'limot degan so'zlardan olingan bo'lib, rux, jon haqidagi fan degan manoni anglatadi. Psixologiya faniga beriladigan ta'riflar xam juda xilma-xil bo'lib, shulardan ayrimlarini ko'rib chikadigan faktlar, ularning qonuniyatlari va psixika mexanizmlari haqidagi fandir. Psixologiya-kishining ichki dunyosi, uni bilib olish va hayotda kullanish haqidagi fandir. Kurinib turiptiki, barcha ta'riflarda xam psixika haqida so'z bormokda. Xush, psixika nima? Psixika lotincha psyuxe so'zidan kelib chikkan bo'lib, rux, jon degan manoni bildiradi. Psixika sezgi, idrok, tafakkur, hissiyot, iroda, xotira va boshqa shu kabi tushunchalar bilan guruhlarga ajratilib, xammasi birgalikda kishining psixikasi, kishining ichki dunyosi, uning ruhiy hayoti va xoka'zolar deb xam ataladigan tushun-chalarni hosil qiladi. Bundan tashqari biz amaliyotda psixik hodisa-lar, ruhiy hodisalar degan iboralarga xam juda ko'p duch kelamiz. Psixika- yuksak taraqqiy etgan materiyaning yani miyaning max-suli bo'lib, tirik mavjudotning tashqi olamni miyada aks ettirilishi bilan bog'liq bo'lgan murakkab hodisalar xossasi majmuidir. Psixikaning qisqa va sodda ta'rifi-obyektiv olamni subyektiv aks ettirilishidir. Psixika barcha jonzotlarga, jumladan insonga xosdir. Shuning uchun xam biz kupincha inson psixikasi, hayvon psixikasi degan iboralarni eshitib kolamiz. tashqi olamni aks ettirish bilan bog'liq bo'lgan biologik, fizik hodisalarni xam uchratib kolamiz, lekin biz bularni bir-biridan nimalar bilan farq qilishini bilib olishimiz kerak. (Masalan, refleks, instinkt, tropizm va x). Ilmiy psixologiyaning predmeti deganda, avvalo psixik hayot-ning konkret faktlari nazarda tutiladi, psixik hayotga doir xar bir fakt esa xam miqdor, xam sifat jihatidan xarakterli xususiyatga ega. Psixologiyaning o'rganadigan obyekti psixik hodisalardir. Psixik hodisalar o'z navbatida uch asosiy guruhga bulinadi: psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar. Psixik holatlar psixik faoliyatning vaqtinchalik dinamikasi bilan xarakterlanadigan hodisalar bo'lib, bu kishining ichki dunyosining muhim tomonlarini hisobga olgan holda faoliyatga ta'sir etadigan omillardir. Psixik holatlarga charchash (tolikish), emotsional zurikish (affekt, stress), monotoniya (dikkinafaslik, zerikish), uyku holati, uygoklik holati va boshqalar. Psixik jarayonlar-sezgi a'zolariga tashqi ta'sir shakllari, inson va tashqi muhit, ichki kechinmalari o'rtasida bog'lanishlar shakli bo'lishi mumkin. Odatda psixik jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, xayol, xotira, hissiyot, iroda tushuniladi. Psixik hodisalarning uchinchi guruhi-psixik xususiyatlar bo'lib, odamdagi takrorlanmas, bir-biridan farqlab olish uchun zarur bo'lgan xususiyatlardir. Bu xususiyatlar kishining uziga, atrofidagi odamlarga, narsalarga, mehnatga munosabatlarida, bir so'z bilan aytganda uning xulk-atvorida namoyon buladigan xususiyatlardir. Psixik xususiyatlar ichida shunday xillari xam borki, bular shaxsning o'ziga xos, individual xususiyatlari deb aytiladi. Bular- temperament, xarakter, qobiliyatdir. Psixologiyaning vazifasi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc