Psixologiya tarixi faniga kirish Reja: Psixologiya tarixi fanining predmeti. Psixologiya tarixi fanining maqsadi, vazifasi. Psixologiya tarixi fanining rivojlanish bosqichi. Psixologiya tarixi fanining fanlararo aloqasi. Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomoiidan hayvonlarga va insonlarga xos bo'lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin tuplanib borishi tarixidir. Insonning o'zi haqidagi bilimlarni tuplab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz inson va hayvonlar psixik hayotini o'rganishga bo'lgan intilish kishilar hayotini har-xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan toqazo qilinganligini, ba'zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki yakkayu-yagona bulgai psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga kutarilganligi haqida ham ma'lumot beradi. Psixologiya tarixi psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoiiyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga kumaklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratish katta urin tutadi. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o'rtasida ko'rash kechgan. Bu ko'rash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o'zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo'nalishlar bo'lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya'ni inson va hayvonga xos bo'lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi. «Biz o'zimizni o'tmish bilan birga ko'rishimiz kerak», chunki biz unga tayanamiz. Umumiy psixologiyaning predmet va metodlaridan farqli ravishda psixik voqelikni emas, uning rivojlanish tarixi haqidagi fikrlar turli davrlarda qanday bulgailigini o'rganadi. Psixologik fikrning o'zi o'z tarixiga ega. Bu tarixning vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo'lishi va rivojlanishini analiz qilish psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida psixologiya fanning predmeti bo'lib, avval ruh, keyin ong, keyin xulk-atvor hisoblanadi. Oxirgi fan hozirgi turgan bosqichda, avvalgi bosqichlarda ajratib tashlagan psixika va xulk-atvor faoliyat birligi tiklandi. Umuman psixologiya fikrlar taraqqiyoti hech qachon bir tekisda kechmagan. Ba'zi davrlarda u zigzaklar bilan xarakterlangan bo'lsa, ba'zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qolgan. Har bir bosqich o'z yutuq va kamchiliklariga ega bo'lgan. Ebengao'z aytganidek «Psixologiya o'zoq o'tmishga va qisqa tarixga ega». Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologii jihatdan yondoshilsa, XVII asr psixologiyasiga hududiy territorial jihatdan yondoshilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demaq har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash keraq Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o'z navbatida kichikroq davrlarga bo'linish prinsipiga asosan tuzilgan. 1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.72 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.72 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc