Psixologiya tarixidagi nazariyalar tahlili Reja: Psixologiya tarixidagi ilk nazariyalar Geppokratning temperament nazariyasi Aflotunning dualizm nazariyasi Arastuning psixologik qarashlari. Refleks nazariyasi Zamonaviy psixologik nazariyalar Psixologiya fanining vujudga kelishi, shakllanishi, rivojla-nishi to'g'risida batafsil ma'lumot berish ushbu kurs uchun shart emas, chunki uning psixologiya tarixi sohasi mavjuddir. Shunga qaramas-dan, psixologiya fanining paydo bo'lishi haqidagi ayrim ilmiy materiallar, ma'lumotlar yuzasidan qisqacha mulohaza yuritish maqsad-ga muvofiq. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida mehnatni rejalashtirish, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va ularning tabaqalashuvi, odamlar tafakkurining rivoj-lanishi tufayli jonning (ruhning) moddiylikdan tashqari xususi-yati, ko'rinishi yuzasidan g'oyalar vujudga keladi. Buning natijasida animistik tasavvurlar o'rnini ruhni borliqning naturalistik (lo-tincha paShga - tabiat ma'nosini anglatuvchi) falsafiy manzarasi tarzida izohlash namoyon bo'la boshladi: Ruholamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo, olov)ning insonlar va hayvonlarga jon bag'ishlovchi shakli (Fales eramizdan oldingi VII - VI asrlar, Aneksimon V asr, Geraklit VI-V asrlar); Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi, ya'ni gilozoizm (yunoncha Ni1ye - «modda» 2o1 «hayot» ma'nosi) to'g'risidagi g'oya yuzaga keladi; Materiyaning jonliligi haqidagi g'oyani rivojlantirgan ato-mizm (yunoncha atotoz bo'linmas degani) namoyandalari (Demokrit eramizdan avvalgi V-IV asrlar, Epikur IV-II asrlar, Lukritsiy I asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar, jumladan: a) ruhtanaga jon bag'ishlovchi moddiy jismlar; b) moddiy asos sifatidagi aql; v) hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a'zo; g) ruh bilan aql tana a'zolari, binobarin, ularning o'zi ham tanadir; d) ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir. Atomistlarning fikrlari tahlili shuni ko'rsatdiki, unda tana- ning (jonli narsaning) aks ettirishidan tortib to psixikaga (yuk-sak aql idrokgacha) jonliligi xususiyatining materiyaga xos xususiyat ekanligining e'tirof etilishi o'sha davr uchun buyuk ilmiy voqelik edi. Yuqoridagi psixolog olimlarning mulohazalari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda insonning tafakkuri, shaxsiy fazilatlari, uning maqsad ko'zlashi, gavdani idora etishga qobilligini dalillash to'g'risida fikr yuritish murakkab ruhiy jarayon hisoblanadi. Jumladan, Aflotun (eramizdan avvalgi 428-27 -347 yillar) jon-ning tarkibiy qismlari to'g'risidagi tushunchani psixologiyaga olib kiradi: a) akd-idrok, b) jasorat, v) orzu-istak kabilardan iborat bo'lib, ular bosh, ko'krak, qorin bo'shlig'iga joylashgandir. Aflotun psixologiyada dualizm (lotincha s!iaN8 ikki mustaqil ma'no bildira-di) ta'limotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita musta-qil narsa deb izohpaydi. Aflotunning shogirdi Arastu (eramizdan oldingi 384-322 yil-lar) o'ziningta'limotida psixologiyani tabiiy- ilmiy asosga qurib, uni biologiya vatibbiyot bilan bog'lab tushuntirishga erishgan. Arastuning «Jon» to'g'risidagi kitobi ma'lum bir davr uchun taraqqiy-parvar manba vazifasini bajaradi. Unda odamlarning va hayvon-larning kundalik hayotiy lahzalarini kuzatish orqali yaqqol voqe-likni tasvirlash, tahlil ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.47 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.47 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:58 ]
Arxiv ichida: doc