Psixologiya tarmoqlari Reja: Genetik psixologiya. Zoopsixologiya. Tarixiy psixologiya. Yosh psixologiyasi. XX-asrning birinchi yarmida psixologiya boshqa sohalari. Amerikada vujudga kelgan bixeviorizm psixologiya maktabi psixologiya falsafaga emas balki tabiatshunoslik fanlariga tayanib kuzatish, eksperiment o'tkazish, ichki (sube'ktiv) metoddan voz kechib tashqi obyektiv metoda ko'chish g'oyalarini ilgari surdilar. Bixevioristlar insonlar va hayvonlar ruhiy dunyosini o'rganish bevosita hissiy organlar yordami bilan aks ettiriladigan narsalar va hodisalarga yo'naltirilishi kerak degan pozitsiyani egalladilar. Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fani inson va hayvonlar orgaizmlarining faqat tashqi ifolai harakatlarini (mimika, imo-ishora, pantomimika, nuqt kabilari ) tadqiq qilishi kerak. Undan tashqari na obyekt , na aspek bo'lishi mumkin emas, degan davo bilan chiqdilar. Bixeviorizm maktabi psixologiya fanining predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xulqini o'rganishdan iboratdir, degan g'oyani ilgari surdilar. Bixeviorizm xulq deganda organizmning faqat tashqi muhitdagi qo'zg'ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob reaksiyalari (harakatlari) yig'indisini tushunadi. Demak, bixeviorizm nazariyasiga ko'ra, psixologiyaning bosh vazifasi faqat tashqi stimul (S) bilan unga qaytariladigan reaksiyalar (R) o'rtasidagi teng ma'noli bog'lanishlarni aniqlashdan iboratdir, xolos. Bixeviorizm ongning inson xulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o'rganishni, tekshirishni inkor qiladi. Bixeviorizm asoschilari amerikalik psixologlar Dj. Uotson (1878 -1958 y.), E.Torndayk (1871-1949 y), K.Leshli (1890-1858 y), A.Vess (1874-1931 y.) va boshqalar . Hozirgi davrda bu oqim bir nechta mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin, ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi , ya'ni hammalari uchun umumiy formalar S-R xizmat qilib kelmoqda. Bixevioristlar psixika, ong, sezgi,idrok, iroda, xayol va shu kabi tushunchalarni psixologiya fanidan uloqtirib tashladilar. Bixeviorizmning asoschi E.Torundayk hayvon (kalamush) psixikasini o'rganishdagi metodni inson ruhiy dunyosini o'rganishga tadbiq qiladi. Uning fikricha inson xulqi hayvonlarnikiga o'xshash bitta reaksiya yig'indisi tariqasida emas, balki qo'zg'ovchilarning bir guruh sistemasi yordami bilan hosil qilinadi. E .Torundayk organizmning javob reaksiyalari yig'indisini xulq, qo'zg'ovchilarnining murakkab sistemasini situatsiya, ya'ni tashqi sharoit ekanligini tushuntirdi. Shuning uchun inson xulqi ong bilan emas, balki situatsiya bilan boshqariladi. Natijada inson ruhiy dunyosi mexanik ravishda reaksiyalar yig'indisi bilan tenglashib qoldi. Mazkur oqim namoyondalari insonning murakkab ruhiy dunyosini fiziologik harakat va o'zgarishlarga tenglashtirib qo'yadilar. Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal komunikatsiyani birga qo'shib keng ma'noda tushunadi va uni uchta formaga ajratib o'rganadi. 1.Nutq formalaridan biri nutq malakalarini sekin -asta avj oldirish deb ataladi, bunda she'rni yoki tsitatani aniq esga tushurish o'z ifodasini topadi. 2. Tafakkurning ikkinchi formasi sube'kt uchun yangi bo'lmagan topshiriqni so'z yordami bilan yechish (yarim yortisi unitilgan she'rni eslashga harakat) . 3. Tafakkurni uchinchi formasi yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so'z yordami bilan yechish. Demak, Dj.Uotson uchun malaka -bu individual egallagan va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.4 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc