REJA: Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi. Psixoanaliz. Geshtaltpsixologiya. Akmeologiya. Tayanch so'z va iboralar: Bixeviorizm, psixologik tadqiqot, xulq-atvor, muhit, hissiyot, omil - stimul, ta'sir - reaksiya, ilmiy tahlil, eksperiment, psixoanaliz, huzur-halovat prinsipi, reallik prinsipi, psixoanalitik, assotsionizm, oliy psixik funksiyalar. Psixologiyada bixeviorizm tushunchasi. Bixeviorizm - psixologiyada dastavval AQSH da hayvonlarda o'tkazilgan kuzatishlarning (E. Torndayk, D. Uotson va boshqalar) natijasi sifatida paydo bo'lgan yo'nalishdir. Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb tan olinar, psixologiyaga esa xulq-atvor va muhitning o'zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish tavsiya qilinar edi. Bixevioristning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta'sir qiladigan omil - stimul (S) ni, ya'ni qo'zg'atuvchi (gap qistirish, o'q otish, kartina ko'rsatish va shu kabilar) ni bilgan holda unga javob, ta'sir - reaksiya (R) qanday bo'lishini yoki ta'sirotni bilgan holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yuz berganini oldindan aytib berishdan iborat emish. Klassik bixeviorizmning formulasi - S R dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi izchildir: odam - bu xuddi hayvonlar kabi, psixikaga egami, ye yo'qligidan qat'i nazar, u qo'zg'atuv-chilarga javob beradigan o'ziga xos bir mashinadir. Stimul bilan reaksiya (S R) o'rtasidagi, ya'ni miyaga «kirish» bilan «chiqish» da yuz beradigan narsalar o'rtasidagi nisbatni ro'kach qilib, bixeviorizm «kirish» bilan «chiqish» o'rtasida nima boru, nima yo'qligini bevosita kuzatish mumkin bo'lmaganligi sababli, ularni ilmiy tahlil qilib bo'lmaydigan («qora quti») soha deb e'lon qilgan edi. Bixeviorist-lar o'z eksperimentlarini asosan hayvonlarda (hammadan ko'proq oq sichqonlarda) o'tkazib, so'ngra shu tariqa chiqarilgan xulosalarni odamga nisbataya joriy etishardi. Shuning uchun ham kishi shaxsining faolligi amalda inobatga olinmasdi. Bixeviorizm o'rgatish jarayonini ham xuddi shu xilda mexa-nistik tarzda ta'riflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning xatti-harakatini (masalan, eksperimentda labirintdan chiqish yo'lini izlashini) o'rganib, problemaning yechimiga «sinash va adashish» yo'li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E. Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bunday yo'l ko'pgina variantlarni tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini ta'minlaydigan bitta varianti qolmaguncha tusmollab qilingan harakatlarning «ko'r-ko'rona tanlanishi» deb talqin qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi ta'limotning ta'rifiga ham joriy qilingan edi. Psixoanaliz. XX asr g'arb psixologiyasining yana bir nufuzli yo'nalishi- psixoanalizlir. U ko'pincha avstriyalik psixiatr va psixolog 3.Freyd nomi bilan freydizm deb ham yuritiladi. Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa emas. Kishi xulq-atvori ikkita prinsipga: «huzur-halovat prinsipi» (bu o'rinda asosan jinsiy mayllarning aks etishi nazarda tutiladi) va «reallik prinsipi» (jamiyatning uyatli va taqiqlangan narsa sifatida shahvoniy havasni bostirib turish zarurligi haqidagi talablaridan kelib chiqadigan) ga buysundiriladi. «Huzur-halovat prinsipi» bilan «reallik prinsipi»ning to'qnashuvi natijasida anglanilmagan sohaga «qondirilmagan mayllar» ajralib ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.1 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.1 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc