Psixologiyada ijtimoiy ta'sir masalalari Reja: 1. Shaxs va guruh masalasi, o'zaro munosabatlarni o'lchash muammosi. 2. ta'sirlanish - ommaviy ta'sir hodisasi sifatida. Ishontirish va uning vositalari. Taqlid qilish mexanizmlari. Taqlid va e'tiqod. Muloqot jarayonining, ham guruhiy jarayonlarining ham egasi subyekti hamda obyekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs muammosini o'rganishda uni turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan, psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb tekshiradi. Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondoshishning o'ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo'ladigan turli shakldagi o'zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaralgan. Yani, guruh azosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo'ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta'sirlari uning ongida qanday aks topishini o'rganadi. Shuningdek shaxsda shakllanayotgan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo'lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish psixologiya fanidan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Xulosa qilib ayotganda, shaxsga sotsial-psixologik yondoshish uni malum guruhlarning azosi, konkret sharoitida o'ziga o'xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir. Har bir shaxs o'z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta'siri ostida amalga oshiradi, chunki jamiyatda chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo'shilmaydigan individning o'zi yo'q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o'zaro ta'sirda bo'ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro'y beradi. Shuning uchun ham shaxs va guruh muammosini qaratayotganda guruhni ham psixologiyada o'rganish asosiy muammolardan hisoblanadi. Psixologik manoda guruh bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlangan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun umumiy narsalar ko'p (o'quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar, malum o'quv yurtida ta'lim olish istagi va x.k.). Ko'chada biror tasodifiy ro'y bergani uchun to'plangan kishilar uchun ham umumiy bo'lgan narsa bor - bu qiziquvchanlik bo'lib o'tgan hodisaga guvoxlik, unga umumiy munosabatdir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o'ziga xos qonuniyatlariga bo'ysinadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Guruhlarning turlari ko'p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. G.M.Andreevaga ko'ra guruhlar sharli va real guruhlarga bo'linadi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarga to'plangan laboratoriya tipidagi va tabiiy guruhlarga bo'linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo'ladigan bunday tabiiy guruhlarning o'zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo'linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichik guruhlar esa o'z navbatida ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.07 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.07 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc