Psixologiyada qo'rquv muammosining ilmiy tadqiq etilishi Insonlar ko'pincha qo'rquv holatini xavf- xatar vaqtida, bazan biror bir shaxs oldida, muhim ish va muhim uchrashuvlardan oldin, nizoli vaziyatlarda, o'qish va ishda muvaffakiyasizlikka duch kelganda, jamoa oldida so'zga chikkanda, kutilmaganda sodir bo'ladigan cho'chituvchi vaziyatlarni boshdan kechiradilar. Ko'pincha psixologik adabiyotlarda qo'rquv muammosi tanikli olimlar tomonidan keng doirada tahlil kilinib, bu borada ilmiy-nazariy ta'riflar ishlab chiqilgan. Keng tarkalgan ta'riflarga ko'ra: Qo'rkuv - subyekt o'zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo'lgan xavf- xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo'ladigan salbiy hissiy holatdir. Kishi qo'rquv hissiyotiga berilganda muvaffakiyatsizlikka uchrashi mumkinligini fakat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (ko'pincha etarlicha isxonarli bo'lmagan) taxminga binoan harakat qiladi. Qo'rkuv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo'lishi yoki ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va havotirlangan tarzda yoki affektiv holatga tushgan tarzda kechishi mumkin Qo'rkuv - odamning o'ziga yoki yaqin kishilariga taallukli bo'lgan haqiqiy yoki xayoliy xavf - xatarga nisbatan qaytaradigan emotsional reaksiyasidir. Qo'rkuv yuzning okarishi, badanning titrashi va boshqa bir kancha ixtiyorsiz tovushlar, harakatlar bilan ifodalanadi. Qo'rkuv xavf- xatardan kochish yoki harakatsiz turib qolish holatida ham namoyon bo'lishi mumkin Qo'rkuv holati shaxsda psixik jarayonlarning normal kechishiga kata ta'sir ko'rsatadi. Bu jarayonda sezuvchanlikning o'ta oshib ketishi yoki pasayishi vaziyatning mohiyatini tushunmaslik, idrok etishning yomonlashuvi kabi holatlarni kuzatish mumkin. Qo'rkuv tafakkur jarayoniga ham ta'sir ko'rsatib, bazi insonlarda fikrlashning ravonlashuvi va vaziyatdan tezrok chikib ketishga intilish bilan namoyon bo'lsa, boshqalarda, aksincha, taffakur mahsuldorligining pasayishi, nutq va harakatlarda mantiksizlik aks etadi. Juda ko'p holatda irodaviy soha zaiflashib, inson biror karor kabul qilishga, vaziyatni nazorat qilishga o'zida kuch topa olmay koladi. Qo'rkuv vaqtida ko'pincha nutq buzilib, tovushda titrok paydo bo'ladi. Qo'rkuv va havotirlik diqqat jarayoniga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Odatda, diqqat juda tarkoklashib, inson o'z diqqat etiborini bir yerga to'play olmay koladi va bazan, aksincha diqqatining barqarorligi oshib, aynan bir obyektga tomon yo'naltirilganligini ham ko'rish mumkin. A.Kempinski qo'rquvni keltirib chikaruvchi holatlarni 4 guruhga ajratadi: hayot uchun bevosita xavfli ta'sir ko'rsatuvchi omillar, ijtimoiy tahdidlar, faollikni shaxsan tanlash imkoniyatining mavjud emasligi hamda ijtimoiy muhit bilan o'zaro munosabatlardagi buzilishlar. Kelib chiqish sabablariga ko'ra qo'rquvni biologik, ijtimoiy, ruhiy va dezintegratsion turlarga bo'lish mumkin [39]. Qo'rkuv xavf-xatardan himoyalanishga va undan kochish yo'llarini izlashga undovchi normal emotsional holat hisoblanadi. Hech kachon qo'rquvni his kilmaslik mumkin emas, holbuki qo'rquv va havotirlikning yo'kligi ham psixik buzilish belgisidir. Ammo bazi insonlarda malum bir vaziyat va holatga nisbatan noadekvat reaksiyalar bilan ifodalanuvchi yopishkok qo'rquvlar va fobiyalar ham uchrab ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.64 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc