Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish Reja: 1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi 2. Psixologiyada shaxs tushunchasi 3. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar 4. Shaxs va uning faolligi 5. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar 6.Ijtimoiy xulk motivlari va shaxs motivatsiyasi. 1.Shaxsning psixologik xarakteristikasi, psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam k u plab fanlarning o'rganish obyekti b u lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o'rganadi. o'z obyektini belgilash va ta'riflash uchun turli tushunchalar kullaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo'luvchi ongli faoliyat subyekti sifatida o'rganadi. Psixologiya fani odamni ta'riflashda k u plab tushunchalar kullaniladi. Shu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari xam kullaniladi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni uzlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) xam individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. «Individ» tushunchalar kishining nasl-nasabi xam mujassamlashgandir. Yangi tug'ilgan chaqaloqning xam, katta yoshning xam, tafakkurni xam, aqli zaif ovsarni xam, yovvoyilik bosqichidagi kabilaning vakilini xam, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini xam individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo'lib etishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxs ga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Malumki kishi ongi fakat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani uzlashtrishda shakllanadi. Binobarin shaxs xam fakat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb karab bulmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, uzlashtiradi, o'zi uchun uzgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o'zi hayot uchun yul tanlashida, bu y u lni egallashida. hayotda o'z mavkei va o'rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar xam uning ichki dunyosi, psixologiyasiga karab turli odamlarga turlicha ta'sir kiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. 2. Psixologiyada shaxs tushunchasi Shaxsning fakat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san'atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar xam o'rganadi. Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir. Inson shaxsning xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o'xshashlarning yig'indisiga bog'liq. Bularning xammasini birga kushib, mujassamlashtirsak ikita bir xil ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:08:00
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.79 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:08 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.79 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:59 ]
Arxiv ichida: doc