Psixologiyada shaxs-jamiyati o'z-o'zini boshqarish masalalari

Psixologiyada shaxs-jamiyati o'z-o'zini boshqarish masalalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologiyada shaxs-jamiyati o'z-o'zini boshqarish masalalari - rasmi

Material tavsifi

Psixologiyada shaxs-jamiyati o'z-o'zini boshqarish masalalari Reja: Shaxs-jamiyat tizimi haqida. Shaxs rollari va ijtimoiy statusi haqida, rollar ziddiyati. Shaxs va ong. Men obrazi va o'z-o'zini boshqarish omillari. Shaxs-jamiyatdagi alohida kishi, odam. Har bir shaxsning voqelikni idrok etishi, uni qabul qilishi, malum bilimlar tizimiga ega bo'lishi ijtimoiy taraqqiyot bilan izohlanadi. Shu bilan birga har kishining bilimi, xulqi, odobi va boshqa xususiyat-fazilatlari uning o'ziga xos tomonlarini ko'rsatadi. Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining malum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Shaxs-jamiyatning bir azosi. U jamiyatdan tashqarida bo'lishi mumkin emas. Buning sababalri: birinchidan, shaxs axloqi hamisha jamiyat axloqiga bo'ysunadi, shunga majbur. Ikkinchidan, kishi ko'pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda yashay olmaydi, baxtni ham odamlar orasidan topadi, shaxs baxt-saodati jamiyatdan tashqari bo'lmaydi; uchinchidan, kishi jamiyat irodasidan dalda oladi; to'rtinchidan, jamiyat shaxs kamoloti ustida g'amho'rlik qilib shart-sharoit ta'minlaydi, kishi faqat tug'ma sifatlar bilangina emas, balki mazkur jamiyatga xos xislatlarni ham o'zlashtiradi. Jamiyat-shaxs munosabatlarining nozik tomonlari ham bor. Agar jamiyat adolatli bo'lsa, jamiyat barcha a'zolari va alohida shaxs uchun ham barcha imkoniyat bo'ladi. Adolatli jamiyat shaxsni shunchaki shakllantirib qo'ya qolmaydi, balki ma'naviy yetuk inson qilib kamol toptiradi. Xuddi shuningdek, shaxs xulqi, odobi, feli ham jamiyatda yashayotgan odamlarga katta naf beradi. Shaxs-jamiyat o'zaro munosabatlar jarayonida odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, e'tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni o'rganish psixologiyada muhim vazifa hisoblanadi. Har bir shaxs jamiyatda yashar ekan, o'zining yaxshi his etishi, himoyalanishi va yashab qolishi uchun malum chegaralarni o'ziga qo'yadi. Shu territoriyani-maydonniichida har bir odamning o'z shaxsiy maydoni mavjudki, bu maydonga o'zga kishilarning kirib kelishi shaxs uchun noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Odamlarning maydonlari, maydonlari o'lchami bir xil emas, bu odamning yoshi, ijtimoiy mavqei va boshqa jihatlarga bog'liq. Shaxslararo masofa millat va elatlarning yozilmagan qonuniyatlariga bo'ysunadi. Masalan, Shimoliy Yevropahalqlari ko'proq alohidalikni xohlashar ekan. Afrikaliklar, arablar va janubiy amerikaliklarga esa birga, jamoa bo'lib faoliyat ko'rsatish, yashash kuzatiladi. Jamiyatda odamlar orasida munosabatlarni amalga oshirishda to'rt xil masofa (zona) mavjudligini Xoll S. (1966) ko'rsatib bergan: 1) intim masofa (0-45 sm) bu masofada asosan yaqin va yaxshi tanish odamlar muloqot qiladilar. Bunda baland emas ovozda gaplashish va xatto bir-biriga tana qismlarini kontakti ham bo'ladi. 2) shaxsiy masofa (45-120 sm) bu masofada asosan tanish-bilishlar o'rtacha balandlikdagi ovozda gaplashadilar. 3) ijtimoiy masofa (120-350 sm) bunda asosan rasmiy uchrashuvlar kechishi mumkin. Har bir odam o'z hohishiga ko'ra o'zi bilan band bo'lishi mumkin. Bu masofada muomala qilish ovozni ko'tarib amalga oshiriladi. 4) ommaviy masofa (350-7500 sm) bu masofada ommaviy majlis, sud jarayoni, auditoriyadagi nutq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.43 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga